17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:27
Jamiyat 👁 298

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Navroʻz sayli

Bahor yangilanish, bu gullar fasli,

Bahorga oshufta bulbullar fasli,

Pinhona sevishgan, koʻngillar fasli,

Tabiat inʼomi, zamon zayli bu,

Oʻynab-kuling doʻstlar, Navroʻz sayli bu.

 

Boychechak beribdi bahordan darak,

Maysalar yam-yashil, inson jonsarak,

Hatto uygʻonishda, osmon-u falak.

Tabiat inʼomi, zamon zayli bu,

Oʻynab-kuling doʻstlar, Navroʻz sayli bu.

 

Koʻk libos kiyibdi, toʻrtta tomoning,

Doshqozonda qaynar Navroʻz taoming.

Kuy-qoʻshiq avjida, bahor ayyoming,

Tabiat inʼomi, zamon zayli bu,

Oʻynab-kuling doʻstlar, Navroʻz sayli bu.

 

Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim,

Yil boshida boʻldi, barchaga maʼlum.

Navroʻz shoh taomi – sumalak, halim,

Tabiat inʼomi, zamon zayli bu,

Oʻynab-kuling doʻstlar, Navroʻz sayli bu.

 

Shomurod urf-odat, oʻzimizniki,

Kelajak - shul qaro koʻzimizniki.

Hammasi oʻgʻil-u qizimizniki,

Tabiat inʼomi, zamon zayli bu,

Oʻynab-kuling doʻstlar, Navroʻz sayli bu.

Shomurod Xoʻjanov, Doʻrman ovuli.

 

Doshqozonda sumalak

Ayni bahor chogʻida,

Goʻzal Mangʻit bogʻida,

Navroʻzi olam boʻldi,

Dillar quvonchga toʻldi.

Doshqozonda sumalak,

Qaynar limmo-lim malak,

Qushlar karvoni lak-lak,

Aytishar yaxshi tilak.

Momolardan allalar,

Aytishni xoʻp oʻrgandik.

Gul ochilgan pallalar,

Olam nurga toʻlgandek.

Har yili shunday Navroʻz,

Kirib kelsin shoʻx boʻlib.

Amudaryo suvlari,

Oqib tursin moʻl boʻlib.

Sayyora Nasrullayeva, 24-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

Samodagi varrak

Navroʻz keldi qaranglar,

Kuy-qoʻshiqlar jaranglar.

Karnay, surnay ovozi,

Dillarga xush yoqadi.

 

Doshqozonda sumalak,

Toshlar terib solishar.

Olam toʻladi nurga,

Inson qalbi mehrga.

 

Samo toʻlar varakka,

Yuzdan kulgu arimas.

Navroʻz shunday ajoyib,

Koʻngillarda gʻaroyib.

Gulzor Qoʻziboyeva,

34-maktab oʻquvchisi.

 

Koʻklam keldi

Bahor keldi, bahorjon,

Sayroqi qushlar bilan.

Qozonlarda qaynagan,

Sumalak va koʻk bilan.

 

Yomgʻir yogʻdi dalaga,

Qirlar toʻldi lolaga.

Varraklar parvozidan,

Shodlandi qiz-u bola.

Hayotxon Hayitboyeva,

34-maktab  oʻquvchisi.

 

Gulbahor nafasi

Quyosh erta uygʻonib,

Koʻklamning yuzin ochdi.

Har tomonda qushlar ham

Chugʻurlab, shodon uchdi.

 

Navbahor osmonida,

Bulutlar ham quvlashdi.

Orasida varraklar

Bulutlarga boʻylashdi.

 

Shunday goʻzal damlarda

Sumalaklar qaynadi.

Atrofida bolalar,

Quvlashmachoq oʻynadi.

 

Qizaloqlar gul terib,

Shoʻx qoʻshiqlar kuylashar.

Sochlarin mayda oʻrib,

Quvlashmachoq oʻynashar.

 

Atrofning goʻzalligi,

Qushlarning xush ovozi.

Dillarga xoʻp yoqadi.

Gulbahorning nafasi.

Elyorbek Erkinov, 57-maktab  oʻquvchisi.

 

Boychechak

Dimogʻim toʻlmoqda xushboʻy hidlarga,

Burkanar yon-atrof yashil ranglarga.

Qanchalar nimjon, nozik, bir nihol,

Hayot uchun kurashar bu jajji qirol.

 

Nimalarga qodir sirli tabiat,

Yorib chiqar toshni, shu nimjon nihol.

Quyoshning nuridan kuch olar sekin,

Olamni bezatar, lola-yu hilol.

 

Quloqqa chalinar qushlar sayrogʻi,

Boshqacha nur sochar quyosh, bahorgi.

Qaldirgʻoch unutmas, eski makonin,

Eshigim ochiqdir, barakam, kirgin.

 

Tirik jon tebranar, bahorni sezib,

Bolari gʻuvillar, bogʻlarni kezib.

Kumush qish chekinadi sekinlik bilan,

Ona yer toʻyindi, qor-mehring bilan.

 

Togʻlarning qoʻynida ungan boychechak,

Qizlarning boshida goʻzal moychechak.

Mayin shabadangdan yayradim, bahor,

Jajji bola boʻldim, qaytadan, takror.

Mansurbek OLLOMBERGANOV,

Islom Karimov nomidagi

TDTU talabasi.

 

Vatan

Osmondagi yulduzlar,

Hech ham soʻnib qolmaydi.

Oy va Quyosh kun almashib,

Sira tinim bilmaydi.

 

Insonlar bu hayotda,

Vatanim deb yashaydi.

Oy-yulduzlar porlagan,

Quyoshli osmon kabi.

Zarina Toʻraboyeva,

34-maktab oʻquvchisi.

 

Kapalak

Uchib kelib, kapalak,

Bahordan berdi darak.

Quvlashmachoq oʻynadik,

Kun boʻyi boʻlib halak.

 

Bahor nafasi yelib.

Olam munavvar boʻldi.

Jajji kapalak kelib,

Dillar sevinchga toʻldi.

 

Mayli, oʻynab uchaver,

Gullarimni quchaver.

Sen bahorning elchisi,

Dillarni shod etaver.

 Kumushoy Toʻraboyeva,

29-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026