17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 21:01
Jamiyat 👁 267

Farovon mahallasida Navroʻz sayli oʻtkazildi

Farovon mahallasida Navroʻz sayli oʻtkazildi

Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida bayram tantanalari boʻlib oʻtdi. Umumxalq sayillari shaklida oʻtkazilgan bayram tadbirlari amudaryoliklarning kayfiyatini koʻtarish bilan birga, yurtdoshlarimiz qalbida shukronalik, mehr-oqibat, ezgulik, qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Farovon mahallasi ahli ham Navroʻz bayramini oʻz mahallasida koʻtarinkilik, katta shodiyona bilan nishonladi.

Koʻkda quyosh charaqlaydi, daraxtlar yashil toʻn kiygan. Ona tabiatning goʻzal manzarasi, Navroʻzi olam tadbirlari barchaga xush kayfiyat ulashdi. Sumalak, koʻk somsa, chuchvara singari bahoriy taomlar, milliy va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari, teatr jamoalari, turli ansambllar, dorbozlar, askiyachilar, sportchilar, jajji bolajonlarning chiqishlari bayram tantanalariga oʻzgacha fayz kiritdi.

Navroʻz saylini mahalla raisi Madamin Kazakov ochib berdi. U oʻz tabrik nutqida ona Vatanni sevish va ardoqlash, hayot gultoji boʻlmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan Navroʻz xalqimizning eng qadimiy bayrami ekanligini, asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navroʻz mustaqillik yillarida yangicha maʼno-mazmunga ega boʻlib, tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylaganini, shuning uchun ham ushbu qutlugʻ ayyomni har bir xonadon, har bir oila katta orzu-niyatlar bilan kutib olishini taʼkidlab oʻtdi.

Mahallaning yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlari, mahalla tizimi xodimlarining tabrik soʻzlaridan keyin bayram dasturi boshlandi.

Mahallaning Kimyogarlar koʻchasida boʻlib oʻtgan Navroʻz sayli haqiqiy bayramona saylga aylandi. Bayram tadbirlari doirasida tashkil etilgan hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslar, shuningdek, milliy va bahoriy taomlar koʻrgazmalari yurtimizdagi toʻkinlik, fayzu barakaning nishonasi boʻldi. Mahallaning yoshi ulugʻ onaxonlari va otaxonlari, qiz-juvonlar, lapar, yor-yorlar aytishib, raqsga tushdilar.

Navroʻz shodiyonalarida tinch va farovon hayotimiz, milliy qadriyat va anʼanalarimiz tarannum etildi. Xalq oʻyinlari, folklor sanʼatining eng yaxshi namunalari, shoʻx qoʻshiq va laparlar bahorni, Navroʻzni sogʻingan dillarga xushnudlik bagʻishladi. Doshqozonlarda sumalak tayyorlandi. Navroʻz sayliga tashrif buyurgan farovonliklar uchun katta dasturxon yozilib, osh tortildi.

 Oʻzbek, qoraqalpoq va boshqa turli millatlarning milliy, bahoriy taomlari koʻrgazmalari, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bayramda nuroniylarga, koʻp yillardan buyon oilalar mustahkamligiga hissa qoʻshib kelayotgan mahalla fidoiylariga, jajji bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026