22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:53
Jamiyat 👁 246

TOʻLQIN OVULIDA NAVROʻZI TANTANALARI NIShONLANDI

TOʻLQIN OVULIDA NAVROʻZI TANTANALARI NIShONLANDI

Xalqimiz tarixi va madaniyatining uzviy qismi boʻlgan Navroʻzi olam shodiyonalari har bir yurtdoshimizga koʻtarinki kayfiyat, yashashga ishtiyoq baxsh etadi. Ushbu bayramning necha-necha asrlar silsilasidan oʻtib, bizgacha yetib kelgani, tobora yangi maʼno-mazmun bilan boyib borayotgani bejiz emas. Axir Navroʻz tinchlik, totuvlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat timsoli, kishilarni birdamlikka, hamjihatlikka, mehnatsevarlikka chorlaydigan, ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan qadim anʼanalarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yaqqol namoyon boʻladigan qutlugʻ kun.

Sana munosabati bilan Toʻlqin ovulining Agronom aholi punktida 32-sonli maktab oʻqituvchilar jamoasi va hudud aholisi bilan birgalikda “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan “Xush kelding, Navroʻz!” deb nomlangan bayram tadbirida ham ushbu kun mazmun-mohiyati teran ochib berildi.

Tadbirga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, hudud aholisi, 23-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tantanani 32-sonli maktab faxriy oʻqituvchisi Toʻliboy Yoʻldoshev ochdi va barchani Navroʻz bayrami bilan qutladi. Ovul xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyeva, hudud profilaktika inspektori Ravshanbek Qalandarov, taʼlim faxriysi Dilorom Qurbonova, Gulchehra Arabovalar tabrigidan soʻng teatrlashtirilgan bayram tomoshasi boshlandi. Davraga boshiga gulchambar taqqan Navroʻzoyning tashrifini barcha qarsaklar bilan olqishlab qarshi olishdi.

Toʻkin dasturxon atrofidan joy olgan mahalla nuroniylari, faollari, taʼlim fidoyilari va yoshlar Navroʻzi olamni yurtimiz tinchligi, obodligi, inson qadri ulugʻlangan sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslarni miriqib tomosha qildilar. 23-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ijrosidagi badiiy chiqishlar ham barchaga bahoriy kayfiyat bagʻishladi.

Maktab, hudud badiiy havaskorlari birgalikda tayyorlagan teatrlashtirilgan bayram tomoshasidan soʻng navbat azal-azaldan Navroʻz tantanalaridan munosib oʻrin egallab kelayotgan xalq oʻyinlariga berildi. Sportchilarning tantanali chiqishlaridan soʻng tosh koʻtarish, arqon tortishish, musobaqalari oʻtkazildi. Nihoyat bolajonlar orziqib kutgan soniyalar keldi. Ular varrak uchirish musobaqasini boshladilar.

Bolajonlar har koʻklamda oʻynab maza qiladigan bu oʻyinda varrakning eng yuqoriga koʻtarilishi uchun ham epchillik kerak. Barchaga xush kayfiyat ulashgan xalq oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlandi. “Assalom, Navroʻz” yozuvi aks etgan bugʻdoy maysalari ham goʻyo bayramni olqishlab mayin tebrandi.

Hudud fermerlari homiyligida oʻtkazildan Navroʻz tantanalari barchada oʻchmas taassurotlar qoldirdi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026