YÖLLARDA QOIDABUZARLIKLARGA QARŞI KURAŞNING YaNGI TIZIMI JORIY ETILDI
Mamlakatimizda avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilarning yöl harakati qoidalariga amal qilmay, tezlikni meʼyordan oşirişi yoki yöl belgilariga böysunmasligi oqibatida yöl-transport hodisalari tobora köpaymoqda. Buning oqibatida beayb insonlarning jabr körayotgani esa juda açinarli.
Yurtimiz hududlarida 2022-yilda 2356 nafar fuqarolar yöl-transport hodisalari oqibatida vafot etgan. Ularning orasida bolalar, hatto gödaklar ham bor. Buningdek holatlarning kamayişiga erişiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosarining farmoyişiga köra yöl-transport hodisalarining oldini olişga sinov tariqasida yangi tizim – “Mahallabay” tizimi joriy etilmoqda. Hududlarda yöl-transport hodisalarining barvaqt oldini oliş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va qoidabuzarliklarga qarşi kuraş samaradorligini oşiriş maqsadida joriy etilayotgan uşbu yangi tizimda yöl patrul xizmati xodimlari hududdagi kriminogen vaziyat, transport vositalari soni, aholi soni, avtomobil yöllarining uzunligi, transport vositalarining oqimi, ijtimoiy obʼektlar soniga qarab biriktiriladi va faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi.
Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida hududlarda yöl-transport hodisalarining barvaqt oldini oliş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va qoidabuzarliklarga qarşi kuraşiş böyiça “Mahallabay” işlaş tizimi joriy etilayotganligi munosabati bilan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, Qoraqalpoğiston Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği podpolkovnik Salauat Kazbekov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamoladdin Yusupov, bölim yöl-patrul xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari qatnaşdilar.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev oçdi va kun tartibida körilayotgan masaning muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Salauat Kazbekov sözga çiqib, yöl-transport hodisalarining barvaqt oldini oliş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va qoidabuzarliklarga qarşi kuraşiş böyiça joriy etilayotgan yangi tizim böyiça keng tuşuntiriş berdi.
Yiğilişda hududlarga birkitilgan 10 nafar yöl-patrul xizmati xodimlarga yuklanadigan vazifalar xususida töliq maʼlumotlar berildi. Mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, yöl infratuzilmasi ahvolini örganiş va nazorat qiliş, ijtimoiy obʼektlardagi harakat xavfsizligini taʼminlaş, hududlar böyiça öz vaqtida profilaktik tadbirlarni taşkillaştiriş, haydovçilarni tayyorlaşni nazorat qilişning sinov tariqasida joriy etilayotganligi – yöl-transport hodisalari va ular oqibatida insonlarning jabrlanişining oldini olişga qaratilganligi bayon etildi.
Yiğilişda körilgan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶