23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 01:34
Jamiyat 👁 253

FUQARO MUHOFAZASI KUNI MUNOSABATI BILAN AMALIY MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI TAShKIL ETILDI

FUQARO MUHOFAZASI KUNI MUNOSABATI BILAN AMALIY MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI TAShKIL ETILDI

Amudaryo tumani hududida 1-mart kunidan 1-aprelga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” deb eʼlon qilingan boʻlib, oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Oylik doirasida joylarda amaliy maxsus-taktik oʻquv mashqi va targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 11-mart kuni tumandagi 1-sonli maktabda “Fuqaro muhofazasi kuni” mavzusida boʻlib oʻtgan amaliy maxsus-taktik oʻquv mashqida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari Bekzod Tajiboyev, Bekzod Allabergenov hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi boʻlimi sanitariya shifokori Munavvar Koshkarovalar qatnashishdi. Shuningdek, maktab direktori Dilrabo Sherboyeva, Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari Xurshid Ishniyazov va maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish, ularning kechiktirib boʻlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻz majburiyatlarini aniq, toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash va oʻrganish kabi maqsadlar koʻzlangan ushbu maxsus-taktik oʻquv-mashqi ikki bosqichda oʻtkazildi.

Oʻquv mashqining birinchi bosqichi, yaʼni nazariy qismida 1-sonli maktabda “Maktabda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi guruhlari va maktab rahbariyatining harakatlari” mavzusida tushunchalar berildi. Oʻquvchilarga tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda evakuatsiya chiqish yoʻllarida toʻgʻri harakat qilish koʻrsatib berilib, koʻnikmalar shakllantirildi. Shundan soʻng, ular guruhlarga boʻlingan holda maktab hovlisiga olib chiqildi.

Ikkinchi bosqichda esa maktab binosida favqulodda avariya holati sodir boʻlishi natijasida maktab fuqaro muhofazasi guruhlari, tuman Yongʻin-qutqaruv qismlarining hamda tez tibbiy yordamning jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabilarni bajarish ishlari amalda koʻrsatib berildi. Jabrlangan fuqarolarga tezda birinchi yordam koʻrsatish tartibi amaliy bajarib koʻrsatildi.

Oʻquv mashqiga maktab rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 32 nafar oʻquvchi, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 7 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, Tez tibbiy yordam boʻlimidan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika jalb etildi. Tadbir yakunida 1-sonli maktabning rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari guruhlari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga «Cheklangan tayyor» deb baholandi. Shuningdek, ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik kerakligi tushuntirildi.

Shu kuni tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida Navoiy nomli mahalladagi yangi tugʻruq kompleksi binosida qurilish ishlarini olib borayotgan “Temir Beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilariga tushuntirish-targʻibot ishlarini oʻtkazishdi.

Ushbu yangi tugʻruq kompleksi binosining qurilish loyihasi “Paytaxt mega proyekt” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihada yongʻindan va tutundan xabar beruvchi signalizatsiyalarni oʻrnatish koʻrsatilgan. Hozirgi kunda bitish arafasida turgan ushbu binoda yongʻinga qarshi suv taʼminoti, yaʼni 50 metr kubli 2 ta usti yopiq suv saqlagichlar qurib bitkazilgan. Fasad qismiga yonmaydigan mahsulotlar bilan ishlov berilgan.

Bino 4 qavatli boʻlib, unda 1 dona isitish qozonxonasi, 3 ta zinapoya mavjud. Loyihada 1 dona lift ham koʻrsatilgan boʻlib, binoning umumiy maydoni 1217,3 metr kvadratga teng. Hozirgi kunda qurilish ishlari qizgʻin pallada davom etmoqda.

Targʻibot tadbiri davomida ushbu qurilish ishlarida qatnashayotgan ishchi-xodimlarga texnika xavfsizligi, fuqaro muhofazasi boʻyicha tushunchalar berilib, eslatmalar ham tarqatildi.

S.Bedekeyev, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026