23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 00:14
Jamiyat 👁 171

“Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi va “Buvijonlar maktabi” aʼzolari beshovullik yoshlar bilan uchrashdilar

“Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi va “Buvijonlar maktabi” aʼzolari beshovullik yoshlar bilan uchrashdilar

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida vatanga muhabbat, milliy umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida tumanning chekka hududlaridagi qishloqlarida, mahallalar va oʻquv muassasalarida madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy va musiqiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanining Beshovul mahallasi hududida joylashgan 79-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi.

“Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi” shiori ostida keksalarni eʼzozlash, ularning pand-nasihatlarini yoshlarga yetkazish orqali jamiyatda oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Amudaryo tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Bekman ota Allaberganov, “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik Kengashi raisi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, Beshovul mahallasida istiqomat qiluvchi ibratli oila sohibasi, Oʻrozgul ona Rahimova, mahalla faollari, 79-sonli maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni loyiha koordinatori Robiya Yoʻldosheva ochdi va loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Bekman ota Allaberganov bugungi farovon va osoyishta hayotning qadriga yetish, kelajakda ona Vatanga munosib farzand boʻlish uchun oʻqib-oʻrganishdan aslo toʻxtamaslik, jamiyatda yoshlarning oʻzini tutishlari, kiyinish va muomala madaniyati xususida hayotiy misollar tariqasida yoshlar bilan dildan, samimiy suhbat oʻtkazdi.

Tadbir davomida oʻzining sermazmun, hayotiy misollarga boy suhbati bilan ishtirok etgan “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik Kengashi raisi Xonimjon Rajabova mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intilish va iqtidorlarini namoyon etishlarini kafolatlovchi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, yoshlarni bilim olishga, yuqori choʻqqilarni zabt etishga daʼvat etdi.

Oʻz navbatida Beshovul mahallasi faol ayollari va yoshlari ham keksa avlod vakillarining hayot yoʻllari, pand-u nasihatlari oʻzlari uchun hamisha qadrli ekanligini taʼkidladilar. Ayniqsa, mahalladagi namunali oila sohibasi Oʻrozgul Rahimova har qanday muvaffaqiyatning zamirida avvalo insonning oʻz hayoti davomida egallagan kasb-hunari, bilimi mujassam ekanligini, oʻzlarining tinimsiz izlanishlari, mehnatlari evaziga bugungi kunda havasga munosib, el hurmatiga sazovor shaxs sifatida kamolga yetgan Beshovul mahallasi yoshlari haqida faxrlanib soʻz yuritdi.

Uchrashuv tadbirining davomida 79-sonli maktab oʻquvchilari “Oʻzligimizni asraymiz” mavzusidagi sahna koʻrinishini namoyish etdilar. Xususan, “Buvijonim kiygan liboslar” qismida milliy liboslar koʻrgazmasini, bugungi yoshlarning jamoat orasida kiyiladigan milliy liboslari qismida esa biri-biridan chiroyli va koʻrkam liboslar va liboslar uchun tanlangan matolarning inson salomatligiga foydalari haqida soʻzlab berdilar. Shu barobarida barcha tengdoshlarini milliy matolardan tikilgan liboslarni faxrlanib kiyib yurishga undadilar.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida esa Beshovullik yoshlar “Lachak oʻrash” marosimini koʻrsatib berishdi va “Lachak oʻrash” marosimiga oid ashulalar aytib, raqslarga tushdilar.

“Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi” shiori ostida boʻlib oʻtgan beshovullik yoshlar bilan keksa avlod vakillarining dildan suhbat tarzidagi uchrashuv tadbiri keksalarni eʼzozlash, ularning pand-nasihatlarini yoshlarga yetkazish orqali yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Beshovullik yoshlar maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi qimmatli oʻgit va maslahatlari uchun Bekman ota Allaberganov, Xonimjon Rajabova, Oʻrozgul Rahimovalarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026