18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 17:57
Maqolalar 👁 359

"ISTASANG BU FALAKDAN OYNI OLIB BERAMAN..."

"ISTASANG BU FALAKDAN  OYNI OLIB BERAMAN..."

Qiz bolaning hayotida  yangraydigan baxt qoʻshigʻi oldin - yor-yor, soʻng - alla.

"Yigʻlama qiz, yigʻlama, toʻy seniki yor-yor..." deya boshlanadi, mustaqil hayotning muqaddimasi. Ha, toʻy uniki. Ammo toʻydan keyingi hayot ham uniki!.. Qiz bolani ojiza sanab, xohlagan tarafga palaxmon toshidek "otib" yuborishingiz mumkin, lekin "otilgan tosh" qayerga borib tushishini bilmaysiz... Bugun sizga turli xom-xayolli  vaʼdalar berayotgan yigit, sizning tasavvuringizdagi oq otli shahzoda ertaga "qurbaqa shahzoda"ga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday ekan, umr savdosida tavakkal qilishga shoshilmagan maʼqul.

Baxt qasrini yaratishingda senga hamroh boʻla oladigan insonni izlash, peshonangga yozilgan baxtni topish va oila qurish - hayot qonuni.

Bir martalik umrga yoʻldosh tanlash... Bu lotereya oʻyiniga oʻxshaydi. Nima chiqishi peshonangdan. Faqat, lotereya yutuqsiz chiqsa, boshqa lotereya sotib olib, oʻyinni davom ettirish mumkin. Umr yoʻldosh masalasida esa, yutuqsiz "lotereya"ni boshqasiga almashtirib, "oʻyin"ni davom ettirolmaysiz. Masalaning ogʻriqli nuqtasi shunda.

Bugun el orasida yurib, turli mish-mishlarni eshitib qolamiz. Falonchining qizining  toʻyi boʻlayotgan ekan, kuyovni ammasi topib beribdi, yoki falonchini oʻgʻliga xolasining qoʻshnisi qiz topib beribdi, singari. Eshitib hayron boʻlaman, butun boshli umringga hamrohni bir hafta ichida topadi-qoʻyadi ayrimlar. Afsuski, ana shunday shoshma-shosharlik bilan qurilayotgan oilalarning hammasini ham baxtli yashab ketayapti deb aytolmaymiz.

... U yosh edi. Oilaning katta qizi boʻlgani uchun ota-ona tezroq tengini topib uzatish payiga tushib qolishdi. Qizning sevgani bor edi.  “Shunga tegaman”, deb oyoq tirab turib oldi. Uyiga kelgan boshqa sovchilarning hammasini qaytardi. Oʻsha sevganiga turmushga chiqdi. Toʻydan oldin osmondagi oyni olib berishga soʻz bergan kuyov nomardroq chiqdi. Kelinga, oy osmonda tura-tursin, yerda oʻsadigan bir dona atirgul ham sovgʻa qilmadi. Bu ham kamday, ora-ora ichib kelib, xotiniga: "Sen faqat qiz tugʻishni bilasan!" deya azob berardi. Oradan vaqtlar oʻtdi. Betayin er roʻzgʻorni ham eplay olmadi. Shoʻrlik ayol kun-u tun ogʻir mehnatda, mavsumiy ishlarda ishladi. Shu tariqa u qirqdan oshar-oshmas, ogʻirroq dardga yoʻliqdi. Noshud er baribir masʼuliyatni his qilmadi. Ayolni esa qarindosh-urugʻlari davolatmoqda...

Darhaqiqat, oila qurish faqat oq koʻylak, qora kostyum-shim kiyib, davrada oʻtirishdan iborat emas. Oila bu - vaʼdaga vafo degani. Oila bu - oʻn sakkiz yoshdagi muhabbatni, oqibatni umr oxirigacha asray bilish degani! "Yigit qasam ichmaydi, yigitning soʻzi qasam" degan qoʻshiq boʻlardi oldinlari. Ayrim vaʼdaboz kuyovlarga tegishliday  bu qatorlar. Zero, qoʻlingdan keladigan ishni vaʼda bermas-dan ham qilish mumkin. Qiz bolaga nima kerak? Bir chimdim eʼtibor va bir chimdim mehr. Hayoti davomida unga yerdagi baxtni, xotirjamlikni bera olsangiz kifoya. Oy esa - osmonniki...

Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026