Nafaqadagi oʻqituvchiga nogironlik aravachasi topshirildi
Davlatimiz tomonidan yakka-yolgʻiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, turli moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatish borasida keng qamrovli ishlar qilinmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumanida ham bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilib, mahallalarda nuroniylarning ijtimoiy ahvoli oʻrganilib chiqilmoqda va amaliy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Oʻrganishlar davomida Chordara mahallasida yolgʻiz yashovchi, kelib chiqishi ukrainalik rus ayoli, nafaqadagi oʻqituvchi, 1945-yilda tugʻilgan Plastinina Svetlana Nikolayevnaning nogironlik aravachisiga muhtojligi aniqlandi.
Shifokorlarning tibbiy xulosasiga asosan “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqaqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan unga nogironlik aravachasi ajratildi.
Shu yilning 1-fevral kuni tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi B.Baltabayev, tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzolari - “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi raisi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori X.Rajabova hamda ustozning sobiq oʻquvchisi, “Jayhun ilhomlari” NNT rahbari Oʻ.Reyimov tomonidan nogironlik aravachasi, rus tilidagi badiiy kitoblar va sovgʻalar nafaqadagi oʻqituvchi S.Plastininaga topshirildi.
B.Baltabayev, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶