“Obod mahallam” nomli grant loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi ish rejasiga muvofiq atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida 2023-yil 21-yanvar kuni Kuyuk koʻpir OFY hududidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Xitoy hududidagi jami 6 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari, hokim yordamchilari, fuqarolar yigʻinlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalari raislari, fuqarolar yigʻinlari vakillari, jami 46 kishi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimi X.Sultanov, Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi B.Turabayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi inspektori Gʻ.Iskandarovlar qatnashib, mavzuga boʻyicha maʼruza qildilar hamda masalaga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶