OʻQUV-AMALIY TAKTIK MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI
Tuman Qoʻriqlash boʻlimining Texnik qoʻriqlash markazi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari tomonidan 64-sonli maktab binosida “Qoʻriqdagi obʼektdan tashvishli xabar” mavzusida oʻquv-amaliy taktik mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mashq doirasida Texnik qoʻriqlash markaziga “tashvish” signali kelib tushganida jalb etiladigan kuch va vositalarning amaliy harakatlari sinab koʻrildi. Maxsus-taktik oʻquv mashqi uch bosqichda oʻtkazildi. Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari mashgʻulotlar davomida saf koʻrigidan oʻtishdi. Shundan soʻng, tezlik bilan harakatlanib, signal kelib tushgan obʼektga yoʻl olishdi. Reja boʻyicha amalga oshirilgan harakat davomida obʼektda bosqinchilik qilishga uringan shaxsni qoʻlga olish choralari guruh xodimlari tomonidan amalda bajarib koʻrsatildi.
Mashgʻulot davomida kamchiliklar muhokama etilib, bartaraf etish choralari koʻrildi.
E.Yusupov, tuman Qoʻriqlash boʻlimi TQM boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶