XITOY OVULIDA UCh AVLOD VAKILLARI UChRAShIShDI
Xitoy ovulida bir piyola choy ustida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.
2023-yil 28-yanvar kuni boʻlib oʻtgan tadbirda yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Tadbirda tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzosi, 2-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi, shoir va yozuvchi Tursunboy Abdullayev, faol nuroniy, shoir Farhod Avezov, koʻp yillar qishloq xoʻjaligi va mahalla tizimida mehnat qilgan mahalla faoli Kamol Oʻrozboyev, koʻp yillar tibbiyot sohasida ishlagan shifokorlar Tojiboy hoji Bozorboyev va Oʻgʻiljon Yoʻldosheva, mahalla faollari Sapargul Xoʻjaniyozova, Roza Polvonova, mahalla yoshlar yetakchisi Gʻayrat Sobirovlar soʻzga chiqib, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida soʻzladi. Shuningdek, yosh avlodning kelajakda el-yurt koriga yaraydigan vatanparvar, fidoyi insonlar boʻlib yetishishga intilishlari lozimligini taʼkidlashdi.
Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar va raqslar tadbir ishtirokchilarining kayfiyatini koʻtarib, maroqli dam olishiga xizmat qildi. Tadbirda 23 nafar nuroniylar, 6 nafar tashkilot rahbarlari va 35 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
E.Nurmonov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶