YaNGI FARMONLAR ODIL SUDLOVGA ERIŞIŞDA MUHIM ASOS BÖLADI
Yurtimizda sud-huquq sohasini takomillaştiriş, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oşiriş borasidagi özgarişlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. Prezidentimizning 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş va sudlar faoliyati samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-11-son hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oşirişni samarali taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-12-son Farmonlari bu boradagi yana bir muhim yangiliklardan biri böldi. Uşbu Farmonlar bilan sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaş, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oşiriş maqsad qilingan.
Taʼkidlaş joizki, “Odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş va sudlar faoliyati samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonga köra sud-huquq tizimining jadal isloh qilinişini taʼminlaş, aholining odil sudlovga erişiş darajasini yanada oşiriş böyiça 2023-2026-yillarga möljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi. “Odil sudlov faoliyatini amalga oşirişni samarali taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonda esa ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni köriş vakolatini tegişliligi böyiça maʼmuriy organlarga ötkazilişi va ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni quyi instantsiya sudlarining özida yakunlaş tartibi belgilangan.
Bir söz bilan aytganda, mazkur Farmonlarning qabul qilinişi “Inson qadri uçun” ğoyasi asosida çinakam adolatli sud tizimini yanada mustahkamlaş bilan birgalikda, xalqimiz manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilişga xizmat qiladi.
Q.Atamurodov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶