23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 00:12
Jamiyat 👁 394

DXX chegara qoʻshinlari xodimlari ishtirokida “Vatanni sevmoq – iymondandir!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi

DXX chegara qoʻshinlari xodimlari ishtirokida “Vatanni sevmoq – iymondandir!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi

Ona Vatanni sevish, uning sarhadlari daxlsizligini saqlash – bu shunchaki oddiy tushunchalar emas, balki insonning qoniga, jism-u joniga tutash eng buyuk tuygʻudir. Vatan sevgisi shuning uchun ham buyukki, ana shu muqaddas zaminda tugʻilib-oʻsganimiz, qalblarimizni gupirtirgan ezgu orzularimizni emin-erkin amalga oshirishga intilib va bundan zavqlanib yashashga musharraf boʻlganimiz, osuda tonglarimizning, tinchligimizning bardavomligidan! Ona Yurtga boʻlgan muhabbat tuygʻusi bilan yashash esa inson uchun bebaho qadriyat. Shuning uchun ham Vatanni sevish – iymondandir, degan bemisl ulugʻ tushuncha har bir insonga quvvat bagʻishlaydi.

Joriy yilning 25-yanvar sanasida Amudaryo tumani hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy zobitlari, muddatli harbiy xizmat burchini ado etayotgan askarlar, tumanning Qilichboy mavzesidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, hududda istiqomat qiluvchi yoshlar hamda sobiq afgʻon urushi jangchilari ishtirokida “Vatanni sevmoq – iymondandir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda Vatanparvarlik, tinchlik va bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tuygʻularining buyukligi, xalqlar, millatlar va davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik, tenglik, tinchlik tamoyillarining barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari zobiti, podpolkovnik Sanjar Toshmatov harbiy vatanparvarlik, tinchlik va totuvlik, millatlar va davlatlar doʻstligini ulugʻlovchi daʼvatkor maʼruza bilan ochdi hamda yoshlar qalbiga koʻtarinki ruh bagʻishlovchi soʻzlari bilan tadbir ishtirokchilarini faollikka undadi.

Harbiy sohada tajribali zobit, podpolkovnik Sanjar Toshmatov ona Vatanni himoya qilishdek eng masʼuliyatli va sharafli kasb egalari boʻlgan harbiylar, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari saflarida oʻzlarining yigitlik burchlarini matonat bilan ado etayotgan askarlarning Vatan sarhadlarini himoya qilish borasidagi fidoyiliklari xususida yoshlarga soʻzlab berdi.

Uchrashuv tadbirida harbiy zobitlar – 1-darajali kapitan Hoshimjon Toshpoʻlatov, serjant Otabek Mahmudovlar yoshlarga oʻzlari faoliyat olib borayotgan harbiy qism tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-aslahalar haqida soʻzlab berishdi.

Shu bilan birga, kelajakda harbiy sohada xizmat qilishni xohlovchi yoshlar uchun mamlakatimizdagi oliy harbiy Akademiya, maxsus harbiy bilim yurtlari, “Temurbeklar maktabi” va ushbu harbiy oʻquv yurtlariga hujjat topshirish qoidalari, jismoniy yetuklik va nazariy bilimlar boʻyicha sinovlar tartib-qoidalari xususida zarur tushunchalar hamda maʼlumotlar berdilar.

Shundan soʻng, uchrashuv tadbiriga taklif etilgan sobiq afgʻon urushi ishtirokchilari A.Abdurahmonov, B.Jumaniyozov, X.Saparboyev, S.Xoʻrozov, O.Xoʻjaniyozov, R.Xoʻrozovlar bugungi tinch va osoyishta hayot, farovon turmushning qadriga yetish har bir insonning zimmasidagi burchi ekanligini taʼkidladilar. Shu bilan birga, tinchlik va taraqqiyot hokim boʻlgan mustaqil Vatanda harbiy xizmat burchini oʻtash bugungi yoshlar uchun chin maʼnodagi baxt ekanligini havas bilan eʼtirof etdilar.

Tadbir davomida yoshlar sobiq afgʻonchi-jangchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga batafsil javoblar oldilar. Uchrashuv tadbiri Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining kazarmasida davom ettirilib, bu yerda yoshlar harbiy zobitlar va askarlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv tadbirida Nukus harbiy prokuraturasi xodimi, katta leytenant Azizjon Karimov ishtirok etdi va Qilichboy mavzesidagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari bilan samimiy muloqotda boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qonuniy asoslar xususida soʻzlab berdi.

Uchrashuv yakunida sobiq afgʻon urushi ishtirokchilariga sovgʻalar berildi.

Boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuv yoshlar qalbida “Vatanni sevmoq – iymondandir” degan ezgu gʻoyani yanada mustahkamladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026