23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 00:15
Jamiyat 👁 309

AMUDARYo TUMAN IIBDA HISOBOT YIGʻILIShI BOʻLIB OʻTDI

AMUDARYo TUMAN IIBDA HISOBOT YIGʻILIShI BOʻLIB OʻTDI

Har yilgi anʼanaga koʻra, joriy yilning 24-yanvar sanasida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimida oʻtgan 2022-yilda Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshimbetov, Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Rahim Jumaboyev, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, joylarga birkitilgan profilaktika inspektorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Hisobot yigʻilishi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga tushuntirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshimbetovning maʼruzasi tinglandi.

Gʻulomjon Eshimbetov oʻz maʼruzasida Prezidentimizning mazkur Qarorini hayotga izchil tatbiq etish va undan kutiladigan natijalar xususida batafsil soʻz yuritdi. Ichki ishlar organlarining xalqqa yaqinligini taʼminlashda aholi bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish, IIB xodimlari bilan xalq diplomatiyasi orqali yuz berishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha qimmatli fikrlarini bayon etdi.

Shuningdek, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan toʻrtta ilovada belgilangan keng koʻlamli vazifalarga toʻxtalib, IIB xodimi uchun oʻta muhim hisoblangan birinchi ilovadagi asosiy talablar, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati, xizmat intizomi boʻyicha Kodeksi ham tasdiqlangani toʻgʻrisida zarur tushunchalar va maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng, hisobot yigʻilishi kun tartibidagi asosiy masala – “2022-yil davomida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar” yuzasidan Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Rahim Jumaboyev hisobot maʼruzasi qildi.

Hisobot maʼruzasida taʼkidlanganidek, oʻtgan 2022-yil davomida IIBning sohaviy xizmatlari boʻyicha oʻz faoliyatlarida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlari keskin tanqid qilinib, ularning oʻz xizmat vazifalarini bajarishda zamon talablaridan kelib chiqib, oʻzgarishlarga erishishlari uchun zarur taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, yuqoridagi Prezident Qarorida qayd etilganidek, ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va xalq bilan doimiy hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish yuzasidan masalahat va yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Yigʻilish davomida xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, oʻz faoliyatlarida ijobiy natijalarga erishayotgan, ayniqsa, hududlarga birkitilgan profilaktika inspektorlarining saʼy-harakatlari bilan jinoyatchilikning, huquqbuzarlik holatlarining oldi olinib, aholi bilan hamkorlikni yaxshi yoʻlga qoʻyish orqali muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritayotgan xodimlarga minnatdorchilik bildirilib, maʼnaviy ragʻbatlantirildilar.

Shuningdek, hisobot yigʻilishida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar, profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan reja ham tasdiqlab olindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026