Kuyuk köpirlik nuroniylar bir piyola çoy ustida suhbat qurişdi
21-yanvar kuni Kuyuk köpir ovulida “Bir piyola çoy ustida” nuroniylar, hududdagi idora va taşkilotlar rahbarlari va yoşlar iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirda yoşi uluğ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida töplagan boy tajribasi, yoşlik davridagi öziga xos qiyinçiliklar, mehnat pallasidagi maşaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida davlatimiz tomonidan körsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida öz dil sözlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar.
El-yurt ravnaqi yölida mamlakatimiz rahbariga yaqin kömakçi, kamarbasta böliş lozimligi uç avlodga mansub yurtdoşlarimiz örtasida keçgan samimiy suhbatlar boş mavzusiga aylandi. Tadbirda tuman “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzolari A.Nafasov, B.Töraboyev, mahalla faollari S.Raximboyev, G.Qalandarova, M.Sapayeva, M.Bozorboyeva, G.Saidova, S.Boltayevlar sözga çiqişib, yoşlarga yaratilayotgan şaroitlar, körsatilayotgan ğamxörliklar haqida söz yuritdilar hamda yoş avlodning kelajakda el-yurt koriga munosib vatanparvar, fidoyi insonlar bölib yetişişiga intilişlari lozimligi qayd etildi.
Şuningdek, Kuyuk köpir ovulida istiqomat qilayotgan, turli sohalarda mehnat qilib, muvaffaqiyatlarga erişayotgan, özini-özi band qiliş, bir nuroniyga ön yoş tamoyili asosida bandligi taʼminlangan yoşlar alohida eʼtirof etilib, boşqalarga örnak qilib körsatildi.
Uçraşuvda yoşlar taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh faol keksa avlod vakillariga Nuroniylar jamoatçilik Kengaşining rağbatlantiruvçi mukofotlari topşirildi.
B.TÖRABAYeV, Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶