17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:51
Jamiyat 👁 292

NURONIYLARNING HAYoTIY TAJRIBALARI YoShLAR UChUN IBRAT MAKTABI BOʻLMOQDA

NURONIYLARNING HAYoTIY TAJRIBALARI YoShLAR UChUN IBRAT MAKTABI BOʻLMOQDA

Xalqimizda azaldan yoshi ulugʻ, keksa otaxon va onaxonlarga ehtirom koʻrsatilib, ularning umri davomidagi ezgu ish va amallaridan ibrat olinadi. Zero, yillar davomida eliga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari, purmaʼno soʻzlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan nuroniylarning pand-nasihatlari ertangi kunga poydevor desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Darhaqiqat, har bir yurtning taraqqiyoti, avvalo, ana shu hududda yashovchi aholining bilimi, tajribasi, tarbiyasi va maʼnaviy yuksakligiga bogʻliq. Yoshlar tarbiyasida keksalarning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Oq oltin ovulida ham fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi raisi Xonimjon Rajabova tashabbusi bilan “Buvijonim kiygan liboslar”, “Zamonaviy oʻzbek qizining koʻrki – uzun soch va milliy libos”, “Mustahkam oila jamiyat koʻrki” mavzularidagi davra suhbatlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, oʻsmir qizlar, yosh oila sohibalari, kelinlarning tushunchalari, dunyoqarashlari kengaytirilmoqda. Hududda muammoli oilalarni aniqlab, ulardagi oilaviy kelishmovchiliklarni, qaynona-kelin, kelin-kuyovlar, shuningdek, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinayotgani, targʻibot-tashviqot ishlariga 85 yoshli Ollambergan ota Rajabov hamda 82 yoshli Tursunoy momo Rajabova kabi ovuldagi nuroniylar jalb etilayotgani, ularning oʻgit-nasihatlariga amal qilinib kelinayotgani natijasida deyarli barcha xonadonlarda tinchlik, totuvlik hukmron. Oʻtgan yil mobaynida fuqarolar yigʻini hududida oilaviy ajrimlarning oldi olinib, birorta ham bunday holat qayd etilmadi.

Hayot yoʻli yoshlar uchun ibrat maktabiga aylangan, yarim asrdan ziyod umrini birga kechirib kelayotgan Ollambergan ota Rajabov hamda Tursunoy momo Rajabovalar birgalikda 2 oʻgʻil va 2 qizni dehqonchilik qilib topgan daromadi bilan ulgʻaytirishdi. Turmush qiyinchiliklarini sabr-u bardosh bilan yengib, farzandlarini el koriga yaraydigan, odob-ikromli qilib tarbiyalashdi. Oʻgʻillarni uylantirib, kelinlar olishdi, qizlarni esa uzatishdi, uyli-joyli qilishdi. Hatto nevara kelinlar tushirib, nevara qizlarni ham uzatishdi. Hozirgi kunda 30 nafarga yaqin nevara, 17 nafar chevaralarning sevimli bobo-buvilari boʻlgan bu piru-badavlatlar nafaqat oʻz xonadonlaridagi, balki ovuldagi boshqa oilalardagi kelinlarga, yigit-qizlarga oʻgitlar, nasihatlar berib, yoshlarning imon-eʼtiqodli, milliy odob va urf-odatlar ruhida tarbiyalanishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda. Ovul aholisi ham yoshi ulugʻlarning toʻy va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, kam chiqim tarzda, belgilangan tartib-qoidalar asosida oʻtkazish, milliy urf-odat, anʼana va marosimlarni tartibli tashkil etish kabilar boʻyicha boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib berayotgan qimmatli maslahatlariga amal qilishgani natijasida bunday tadbirlar hamjihatlikda, tinch-totuvlikda fayzli oʻtadi.

Donishmandlar, eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir, deya bejizga aytishmagan. Shu bois tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga ruhiy-maʼnaviy jihatdan tayyorlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabilar borasida nuroniy otaxonlar va buvijonlarning hayotiy tajribalaridan unumli foydalanilmoqda.

Oʻzining ibratli hayoti bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib, yoshlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega fikrlarini singdira oladigan nuroniy onaxonlarni oʻz atrofiga birlashtirgan “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi raisi Xonimjon Rajabova fuqarolar yigʻinlaridagi kengash masʼullari bilan hamkorlikda bu borada aytishga arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan yoshi ulugʻlarni ijtimoiy hayotga jalb etib, oilalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026