2022-YILDA AMUDARYoDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI TOMONIDAN 60 MING 105 TA XIZMATLAR KOʻRSATILDI
Fuqarolarimizga tezkor va qulay boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur maskanlar oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ayni paytda markazda jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar 200 dan oshdi. Fuqarolarga eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, notarius, sugʻurta, kadastr, FHDYo va shu kabi boshqa xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham davlat xizmatlariga boʻlgan talab ortib bormoqda.
Amudaryo tumanidagi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar 2022-yil davomida 60105 ta davlat xizmati foydalanishgan. Shu jumladan 355 yuridik korxonalar, 1276 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi hamda 280 ta yuridik korxonalar, 56 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Koʻrsatilgan sayyor tartibdagi davlat xizmatlari soni 3338 tani tashkil qiladi. Markazning Xitoy filiali orqali 5613 ta davlat xizmati koʻrsatilgan.
Markazda fuqarolar kundalik hayotida zarur boʻlgan davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz, yashash joyidan qatʼiy nazar, eksterritorial tamoyil asosida foydalanib, murojaati boʻyicha bepul huquqiy maslahatlar olishmoqda.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, qayta koʻrib chiqilib soddalashtirilayotgan xizmatlar, talab etilishi qisqartirilayotgan hujjatlar hamda yanada qisqa muddatlar tuman aholisining qulay, shaffof va tezkor davlat xizmatlariga boʻlgan ishonchini oshirib, buguni va ertasidan rozi boʻlib yashashlariga imkon bermoqda.
S.Haytboyev, tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlar markazining boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶