HARBIY LITsEY OʻQUVChISI MAKTABDA UChRAShUV OʻTKAZDI
Vatan himoyachilari kuni arafasida 56-sonli maktabda DXX chegara qoʻshinlari tasarrufidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi oʻquvchisi Javohir Rahimboyev oʻzi oʻqigan maktab oʻquvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda maktabning sobiq oʻquvchisi J.Rahimboyev Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbga boʻlgan qiziqishini oshirgan ustozi – maktabning harbiy chaqiriqqa tayyorgarlik rahbari Yusufboy Allaberganovga va barcha muallimlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
“Yosh chegarachilar” harbiy- akademik litseyi oʻquvchisi J.Rahimboyev ayni kunda Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi ushbu harbiy taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar, oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishlarida beriladigan imtiyozlar haqida batafsil gapirib berdi.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi oʻquvchisi bilan oʻtkazilgan ushbu uchrashuv tadbiri maktab oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶