ET BILAN TIRNOQ XALQLARMIZ
Xalqimiz hayotiga gözallik, fayz bağişlovçi anʼanalar köp. Milliy-tarixiy mezonlarimizni özida mujassam etgan bunday anʼanalar köp millatli mamlakatimiz xalqlari uçun intellektual mulk sifatida juda qadrli. 2017-yildan beri yangidan hayotimizga kirib kelgan yana bir anʼana – bu har yilning yakunida Prezidentimizning Oliy Majlisga, xalqimizga Murojaatnomasidir. Mamlakatimiz hayotidagi eng muhim siyosiy voqea bölgan Murojaatnomada tarixga aylanayotgan yildagi asosiy körsatkiçlar, yangi yilga möljallangan maqsad va vazifalar öz aksini topgani uçun bu muhim tadbirni har birimiz hayajon bilan kutamiz.
Bu yilgi Murojaatnomada Prezidentimiz yakuniga yetayotgan 2022-yil ğoyat murakkab va sinovli yil bölganini taʼkidlarkan, barça sohalarda erişilgan yutuq va kamçiliklarni birma-bir tilga olib ötdilar. Ayniqsa, globallaşuv jarayonida xalqaro munosabatlarning çigallaşib, özaro işonç kamayib, qarama-qarşilik va mojarolarning ortib borayotgani “barqarorlik va rivojlanişga jiddiy xavf solmoqda”, - dedi Prezidentimiz.
Şuningdek, mafkuraviy xurujlar oqibatida Qoraqalpoğistonda şu yil yoz oyida sodir bölgan noxuş voqealar butun el-yurtimiz uçun qattiq qayğu, taşviş olib kelganiga alohida töxtaldi.
“Qoraqalpoğistonning yutuği – butun Özbekistonning yutuği, Qoraqalpoğistonning taşvişi – butun Özbekistonning taşvişi”, - degan ğoya doimiy harakat dasturi bölib qolişini alohida qayd etdilar.
Haqiqatan ham ming yillar davomida et bilan tirnoq kabi ajralmas qon-qarindoş xalqlar – özbek bilan qoraqalpoqni birini-biridan ajrataman, deganlar yanglişadilar. Çunki Özbekistonning qaysi tumani yoki viloyatiga bormang, har özbekning bir qoraqalpoq qondoşi, har bitta qoraqalpoqning bir özbek qarindoşi va qurdoşi bor. Birining otasi yoki onasi, yana birlarining enasi va momosi qoraqalpoq, yo özbek bölgan bu bağrikeng, özaro ahil-inoq, totuv ikki millatga bugun mojaro emas, tinçlik, xotirjamlik, farovon hayot kerak. Prezidentimiz aytganlariday: “bu ikki xalqning ezgu maqsadi – birgalikda mehnat qilib, Yangi Özbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpoğistonni bunyod etişdir”.
Men Prezidentimizning Qoraqalpoğistonning buguni, kelajagi va et bilan tirnoq kabi ajralmas millatlar döstligi haqidagi sözlarini hayajon bilan tinglarkanman, köz öngimda kun sayin özgarib, yangilanib borayotgan Qoraqalpoğistonning eng olis tuman va qişloqlari, bu özgarişlardan, öz hayotlariga kirib kelayotgan yangilanişlar, farovonlikdan rozi qoraqalpoq döstlarim, ularning tökin-soçin hayoti gavdalandi. Ana şu tökislikda farzandlari, nevaralari bilan tonglarni xotirjam, osuda qarşilayotgan xalq uçun tinçlik neʼmatidan boşqa yana nima kerak? Heç narsa! Çunki, tinçlik hokim bölgan joyda taraqqiyot bor, yangilaniş bor. Taraqqiyot esa har qanday xalqni maʼnan yuksaltiradi. Maʼnaviyati yuksak xalqni esa heç qanday kuç yenga olmaydi. Bugungi Qoraqalpoğiston xalqi – biz ana şunday maʼnaviy yuksaklik sari qadam qöyayotgan, Yangi Qoraqalpoğistonni bunyod etişga qodir kuçli xalqmiz. Köpmillatli Yangi Özbekistonning eng teran, metin va mustahkam ildizimiz.
Robiya YÖLDOŞEVA, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶