18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 421

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining grant loyihasi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

“Mahalla” xayriya  jamoat fondi tuman boʻlinmasining grant loyihasi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

“Mahalla” xayriya  jamoat fondi tuman boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusida eʼlon qilingan tanlovda “Obod mahalla” nomli loyihasi gʻolib boʻlgan edi.

Loyihaga koʻra, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshish ishlari olib borilmoqda.

Yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovlari ham oʻtkazilib borilmoqda.

Loyiha ish rejasi asosida “Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda”, “Tabiat va biz”, “Koʻchat ekish – ezgu anʼana”, “Men ekkan nihol”, “Mahallam shamoli”, “Hashar – elga yarashar”, “Mustaqil yurtimning obod mahallasi”, “Tabiat – bizning onamiz” mavzularida insholar tanlovlari oʻtkazilib, bu tanlovlarda maktab oʻquvchilarining ona tabiat va ekologiya borasidagi bilimlari oshirilmoqda.

Qipchoq hududidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda” mavzusidagi insholar tanlovi ham maktab oʻquvchilarining ona tabiat, ekologiya haqidagi bilimlari,  tafakkuri yuqori darajada ekanligini namoyon qildi. Maktab  oʻquvchilari oʻz insholarida tabiat va uni avaylab-asrash, bu boradagi davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan yangi qarorlar, amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar fikrlar bildirishgan.

Qipchoq ovulidagi 18-sonli maktab binosida oʻtkazilgan mazkur insholar tanlovida hududdagi 7 ta umumtaʼlim maktablaridan 24 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Tabiat bilimdonlari tomonidan yozilgan insholar biri-biridan nafis, toʻkis boʻlganligi tufayli gʻolib va sovrindorlarni aniqlash qiyin kechdi. Hayʼat aʼzolarining fikriga koʻra tanlovda 24-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Nigora Boltaboyeva “Ona tabiatni asrashga boʻlgan daʼvati uchun” 1- oʻringa, 18-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Shodiyona Jabborberganova “Ona tabiat haqida bilimdonligi uchun” 2-oʻringa, 75-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Barno Kenjaboyeva “Ona tabiat haqida keng tafakkuri uchun” 3-oʻringa munosib deb topildilar.

Shuningdek, “Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda” mavzusidagi insholar tanlovidagi “faolligi uchun” 24-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Asaloy Soliyboyeva, 47-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Marjona Joʻlliboyeva, 65-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sevinch Achilova, 11-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Ozoda Qalandarovalar tashkilotchilarning alohida ragʻbatiga sazovor boʻldilar.

Insholar tanlovlari gʻoliblariga va sovrindorlariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan sovgʻalar va “Maqtov yorliqlari” topshirildi.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026