“MEHR HARAKATI” DOIRASIDA 20 TA XONADONLARGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILDI
Mehr-oqibat, döstlik-birodarlik, bir-birovning quvonçi damlarida ham, taşvişli damlarida ham birga böliş, bir-birovni qöllab-quvvatlaş xalqimizning azaliy odatlaridandir. Ana şunday ezgu amallar hayotimizga fayz baxş etibgina qolmay, neça-neça insonlarning hayotga iştiyoqini, ertagi kunga işonçini oşiradi.
Bugungidek qişning izğirinli kunlarida isitiş tizimi xarajatlarining oşişi, oila-aʼzolarining qişki kiyim-keçaklari uçun qöşimça sarf-xarajatlar baʼzi xonadonlarda iqtisodiy yetişmovçiliklarni keltirib çiqarmoqda. Uşbu mavsumda kam taʼminlangan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan “Mehr harakati” köpçilikka madad bölayotir.
Milliy qadriyat darajasiga kötarilgan mehr-oqibat, saxovat, himmat, olijanoblik kabi fazilatlarni uluğlab kelayotgan yurtdoşlarimiz bu harakatga boş qöşib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga beminnat kömak berib, jamiyatimizda tinçlik-osoyiştalik, hamjihatlik ustuvorligini taʼminlaşga munosib hissa qöşmoqdalar.
Ana şunday insonlardan biri – qipçoqlik tadbirkor, “Qipçoq ğalla klasteri” masʼuliyati çeklangan jamiyati taʼsisçisi Bahrom Yöldoşevdir.
Uşbu klaster Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 327 ta fermer xöjaliklarining 5861 gektar ğalla maydonlarini qamrab olgan. Ötgan yili uşbu maydonlarda buğdoydan yuqori hosil olindi. 2023-yil hosili uçun buğdoy ekilgan dalalarda ham töliq nihol olinib, kuzgi parvariş, oziqlantiriş işlari agrotexnika qoidalari asosida sifatli bajarildi. Buning uçun klaster tomonidan ğallakorlar zarur öğitlar, zararkunandalarga qarşi preparatlar bilan yetarli taʼminlandi.
Tumanimizda aholining asosiy oziq-ovqat mahsuloti – möl ğalla yetiştiriş yölidagi saʼy-harakatlari samarali bölmoqda. 18-dekabr kuni klaster taʼsisçisi Bahrom Yöldoşev Qipçoq ovul va şaharça, Daryoböyi, Beştom mahallalari hamda Nazarxon ovul fuqarolar yiğinlari tavsiyalariga köra, hududlardagi kam taʼminlangan 20 ta oilalarga kartoşka, piyoz, un, yoğ, guruç kabi oziq-ovqat mahsulotlari, qişki kiyimlar hadya etdi.
Mahsulotlarni jamiyat raisi Yerkinboy Allamov tarqatdi va barça xonadonlar aʼzolarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizğin qutladi. “Mehr harakati” doirasidagi uşbu savobli amal 20 ta xonadonga yoruğlik olib kirdi.
Şunisi eʼtiborliki, xalqimiz tarixiga nazar solsak, taraqqiyotning barça davrlarida ham ajdodlarimiz turli sinov, taşvişlarni hamjihatlik bilan yengib kelganini, borini el bilan birga baham körib kelganini anglaymiz. Uluğ qadriyatlarimizga sodiq insonlar omon bölişsin!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶