INSONLARNING HUQUQLARI SUD ORQALI HIMOYaLANADI
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi. Konstitutsiyamizning 44-moddasida har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi, deyilgan.
Har bir inson, yaʼni yurtimiz fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan yoki qarorlaridan, shuningdek, hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilishga haqli. Shuningdek, 2021-yilning 27-aprelidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunga koʻra fuqarolar va yuridik shaxslar qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqliligi ham belgilangan.
Insonlarning qonunlarda belgilab qoʻyilgan har qanday huquqlari sudda himoya qilinadi. Sud esa oʻz faoliyatini Konstitutsiyamiz va adolatli, insonparvar qonunlarimiz asosida amalga oshiradi.
Q.Atamurodov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶