YaŞAŞ HUQUQI – ENG OLIY HUQUQ
Insonning tuğilişi bilan vujudga keluvçi, davlat tomonidan muhofaza qilinuvçi huquqlaridan biri bu – yaşaş huquqidir. Boş Qomusimizning 24-moddasida yaşaş huquqi belgilangan bölib, unda: “Yaşaş huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyatdir” deyilgan. Şuningdek, 25-moddasiga köra har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Bu insonlarga erkin, öz ixtiyori bilan harakat qilişdan taşqari, özganing şaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetkazmaydigan tarzda yuriş-turişni tanlaş imkonini beradi.
Boş Qomusimizda mustahkamlanganidek, insonlarning yaşaş huquqiga daxl etiş, tajovuz qilişga heç kim haqli emas. Inson umriga zomin böliş, hayotiga suiqasd qiliş oğir jinoyat hisoblanadi. Fuqarolarning soğligi va hayotiga xavf tuğdiruvçi har qanday jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida tuman Içki işlar bölimi tomonidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Tarğibot-taşviqot, profilaktik tadbirlar muntazam ravişda olib borilayotgani sababli hududlarda aholining tinçlik-osoyiştaligi taʼminlanmoqda. Buning natijasida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, qasddan odam öldiriş kabi jinoyatlar soni kamayişiga erişildi.
Inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyat ekanligi Konstitutsiya va boşqa Qonunlarda qatʼiy belgilangan. Fuqarolarning soğliği, yaşaş tarzini izdan çiqariş, qadr-qimmati, or-nomusini toptaş, putur yetkaziş aslo mumkin emas. Jinoyat deb hisoblanadigan va jazo muqarrar bölgan bunday harakatlar uçun Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida jinoiy jazo belgilangan. Bunday notöğri qilmişlarga sababçi bölganlar jazoga tortilişi qonun bilan kafolatlanadi.
Yurtimizning har bir fuqarosi Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqlarini bilsa, barça qonunlarga amal qilgan holda yaşasa, jamiyat oldidagi burçlarini bajarsa rivojlaniş, yuksaliş ortadi. Zero, Boş Qomusimizda avvalo inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasiga oid normalar mustahkamlangan.
Ğayratjon Yerdoşev,
tuman IIB JQG katta tezkor vakili.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶