18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:58
Jamiyat 👁 222

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

5-dekabr kuni tuman Davlat xizmatlari markazi binosida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Tadbirda Adliya boʻlimi va uning tarkibidagi tuzilmalar xodimlari hamda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimiz davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimi izchillik bilan takomillashtirilayotganligi aholining hayot sifati, ishchanlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini taʼkidlashdi.

Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi hamda joriy yilning 1-yanvaridan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlov miqdorlari kamaytirilganligini aytib oʻtishdi.

 “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida ishtirokchilar tuman Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi va “Madad” huquqiy maslahat byurosida fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat koʻrsatish, shu bilan birgalikda davlat xizmatlarini olish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldi.

Undan tashqari, ishtirokchilar Markazdagi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchagida mutaxassislar yordamida kerakli davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanishdi. Kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarga davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va uning afzalliklari, foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Taʼkidlanganidek, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida ayrim davlat xizmatlari soddalashtirilib, markazlar tomonidan qamrab olingan xizmatlarni koʻrsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni oʻrtacha ikki barobarga qisqartirildi. Aholiga zamonaviy texnologiyalar asosida har tomonlama qulay shart-sharoitda bu kabi davlat xizmatlari va huquqiy yordam koʻrsatilayotgani esa jamiyatda inson qadri ustuvorligining muhim omillaridan biri ekanligini koʻrsatadi.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida 4737 ta tugʻilganlik, 1539 ta nikoh, 166 ta ajrim, 908 ta oʻlim guvohnomalari rasmiylashtirilib, 115 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shuningdek, 35 nafar farzandlikka olingan bolalar hujjatlari rasmiylashtirib berildi va 224 ta nikoh sayyor ravishda qayd etildi.

Tadbir davomida shu kabi maʼlumotlarni berish bilan birga Prezidentimizning 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 113-sonli Farmoniga muvofiq joriy etilgan Mobil-ID tizimi haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilar ushbu tizimda roʻyxatdan oʻtish, foydalanish tartiblari, tizimning afzalliklari haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ularning bir qismi tadbir davomida Mobil-ID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazildi.

Tadbirda yoshlar davlat xizmatlari markazi xodimlarining faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning vazifalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, tadbir soʻnggida masʼul xodimlar tomonidan ishtirokchilarga qiziqtirgan masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar ham berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026