Arnaboʻyi MFY masʼullari hududning faol nuroniylari uchun Xiva shahriga sayohat tashkil etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan mamlakatimizda keksalarni qoʻllab-quvvatlash, sogʻlomlashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, keksa avlod vakillarining yurtimizdagi muqaddas qadamjolarga, tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil qilish va maroqli dam olishlariga sharoit yaratish borasida koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har yili noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” qilib belgilangani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oylik doirasida tumanimizning yoshi ulugʻ nuroniylari uchun ham yurtimizning madaniy meros hamda turistik obʼektlariga sayohatlari tashkil etilmoqda, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik barqaror boʻlishiga munosib hissa qoʻshgan nuroniy otaxonlar, onaxonlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Shu yilning 30-noyabrida tumanimizning Arnaboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hududning faol nuroniylari uchun Xiva shahriga sayohat tashkil etishdi.
Turli jabhalarda mehnat qilib, ayni kunda keksalik gashtini surib yashayotgan nuroniy otaxon, onaxonlar qadimiy shaharga qilingan sayohatdan ulkan taassurotlar bilan qaytishdi.
Shahzod Nuratdinov, Arna boʻyi mahallasi yoshlar yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶