OÇIQ SAYYoR SUDDA HUQUQBUZARLARGA JAZO ÇORALARI KÖRILDI
Durunki mahallasining fuqarolar yiğini binosida oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi.
2022-yil 22-noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan ötkazilgan uşbu sud majlisida tuman Içki işlar bölimining YHX bölinmasi tomonidan kelib tuşgan 17 nafar fuqaroga nisbatan töplangan maʼmuriy işlar körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasiga köra haydovçilarning transport vositalarini alkogolli içimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki özgaça tarzda mast holda boşqarişi, transport vositasini boşqariş huquqidan bir yil-u olti oydan uç yilgaça muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravarigaça jarima solişga sabab böladi. Xuddi şunday huquqbuzarlik transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining qirq baravarigaça jarima soliş yoki ön beş sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa oliş jazosi tayinlanadi. Alkogolli içimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki özgaça tarzda mast şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş, transport vositasini boşqariş huquqidan ikki yildan uç yilgaça muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilgan.
Özbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasiga köra haqorat qiliş, yaʼni şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Yuqoridagi xolatlardan kelib çiqib, şu kuni körib çiqilgan iş materiallari böyiça huquqbuzarlarga nisbatan tegişli jarima jazolari qöllanildi.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶