BOLALAR NEÇA YoŞDAN MEHNAT QILIŞGA HAQLI?...
Bolalarning mehnatidan foydalaniş töğrisida gapirişdan oldin bola özi kim, degan savolga javob berişimiz kerak. Özbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonunining 3-moddasida quyidagiça taʼrif berilgan: bola (bolalar)— ön sakkiz yoşga tölgunga (voyaga yetgunga) qadar bölgan şaxs (şaxslar)dir. Ularni Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga köra, işga qabul qilişga ön olti yoşdan yöl qöyiladi.
Yoşlarni mehnatga tayyorlaş uçun umumtaʼlim maktablari, örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtlarining öquvçilarini ularning soğliğiga hamda maʼnaviy, axloqiy kamol topişiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim oliş jarayonini buzmaydigan yengil işni öqişdan böş vaqtida bajarişi uçun — ular ön beş yoşga tölganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining örnini bosuvçi şaxslardan birining yozma roziligi bilan işga qabul qilişga yöl qöyiladi. Davlat ön sakkiz yoşga tölmagan işlovçi şaxslarga işni taʼlim bilan qöşib olib borişi uçun zarur şaroitlarni yaratib beriş va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa çoralarni köriş orqali bolaning mehnat qiliş huquqi taʼminlanişini kafolatlaydi.
Har bir bola özining yoşi, soğliğining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat qiliş, faoliyat turini va kasbni erkin tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş huquqiga egadir. Şuningdek, “Voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanişga yöl qöymaslik böyiça talablar töğrisida” Nizomning 4-bandiga köra, belgilab qöyilgan normadan ortiq oğir yuk kötariş va taşiş bilan boğliq bölgan işlarda 18 yoşga tölmagan şaxslar mehnatidan foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Bolalarning mehnatidan qonunga zid ravişda foydalaniş uçun qonunçilikda iş beruvçilarga nisbatan bir qança javobgarliklar belgilangan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 491-moddasiga köra, voyaga yetmagan şaxslarning mehnatidan foydalanişga yöl qöymaslik töğrisidagi talablarni buzgan, voyaga yetmagan şaxs mehnatidan uning soğliği, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazişi mumkin bölgan işlarda foydalangan şaxslarga nisbatan eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solinadi. Voyaga yetmagan şaxslarning belgilangan normalardan oğir yuk kötariş bilan boğliq işlarga jalb etilişi ham, xoh özlarining xohişlariga köra bölsin, xoh majburan jalb etilsin, qonunga xilof hisoblanadi va bunday mehnatga jalb qilgan şaxs javobgarlikka tortiladi.
Majburiy yoki ixtiyoriy bölişidan qatʼiy nazar, maʼlum mehnat turlarida voyaga yetmagan şaxslar mehnatidan foydalaniş taʼqiqlanadi.
N.Jumaniyozova, tuman Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶