NOGIRONLIGI BÖLGAN FUQAROLAR – DOIMIY EʼTIBORDA
Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş bölimi tomonidan ehtiyojmand, nogironligi bölgan şaxslarga qulay turmuş şaroitlari yaratiş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida zamonaviy reabilitatsiya-texnik vositalari bilan taʼminlaşga eʼtibor kuçaymoqda.
Nogironligi bölgan şaxslarning, tölaqonli hayot tarzini yuritişiga kömaklaşiş hamda imkoniyatlarini oşiriş uçun ularni zamonaviy reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan taʼminlaş, sohada axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi bölgan şaxslarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan TIEK tomonidan berilgan reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi töğrisida tibbiy xulosalarga asoslanib, nogironligi bölgan şaxslarni zamonaviy elektr yuritmali nogironlar aravaçalari bilan bosqiçma-bosqiç taʼminlaş uçun muhtoj şaxslarning röyxati şakllantirilib kelinmoqda. Joriy yilda tumanimizda 8 nafar nogironligi bölgan fuqaro elektr yuritmali kreslo-aravaçalar bilan taʼminlandi.
Katta yoşdagilar hayoti uçun zarur bölgan texnik vositalar, jumladan ovozli termometr va ovozli tanometr bilan bosqiçma-bosqiç taʼminlaş uçun muhtoj şaxslarning röyxati şakllantirilib, ulardan 18 nafariga fuqaro ovozli termometr va 16 nafari ovozli tanometr bilan taʼminlandi.
Eşitiş qobiliyati zaif bolalarni davolaşni sifat jihatdan yangi darajaga olib çiqiş hamda nogironligi bölgan şaxslarning odatiy hayotga moslaşuvini osonlaştiriş uçun eşitiş qobiliyati zaif bölgan 1 nafar voyaga yetmagan nogironligi bölgan bola 2 dona zamonaviy eşitiş moslamalari bilan taʼminlandi.
Mamlakatimizda nogironligi bölgan fuqarolarga ğamxörlikni kuçaytiriş, ularning munosib turmuş şaroitlarida yaşaşlariga erişiş yölida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar ularning hayotiga yengillik, mazmun olib kirayotir.
Hamidjon NARBAYeV, tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶