24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 08:08
Jamiyat 👁 261

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR SAMARALI AMALGA OShIRILMOQDA

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR SAMARALI AMALGA OShIRILMOQDA

Isitish moslamalari koʻp ishlatiladigan qish mavsumida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida yongʻinlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning roʻy berishi sezilarli ravishda ortadi. Shu sababdan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining joriy yil 10-noyabrdagi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda Amudaryo tumani hokimining tegishli bayonlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrigacha “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilishi belgilanib, tadbirlar boshlab yuborildi.

Shu kunlarda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari, shu bilan birga uy-joy fondini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik, yongʻin xavfi yuqori boʻlgan obʼektlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur oylik yongʻinlar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan. Ushbu oylik doirasida tumandagi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, aholi turar joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida yongʻin xavfsizligi qodalari buzilish holatlarini aniqlash va darhol bartaraf etish maqsadida ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ishchi guruhlarga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, gaz taʼminoti, elektr tarmoqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari jalb etilgan.

Oylik doirasida aholi turar joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida qoʻlbola elektr saqlagichlardan foydalanish, evakuatsiya yoʻllarini toʻsib qoʻyish, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash qoidalarini buzish, nosoz dudboʻronlardan foydalanish, gaz taʼminotiga rezina shlanglar orqali ulanish, ventilyatsiya tizimlarini toʻsib qoʻyish, qoʻlbola isitish pechlaridan foydalanish kabi kamchiliklar aniqlanib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Undan tashqari, fuqarolarga yongʻin xavfsizligi qoidalari koʻrsatilgan eslatmalar tarqatilmoqda.

Undan tashqari, tumanimizda yongʻin yoki ogʻir oqibatli favqulodda holatlar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida yangi obʼektlarni qurishda meʼyoriy qoidalar va shaharsozlik normalariga amal qilish boʻyicha ham nazorat va targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, kerakli yoʻriqnomalar berilib borilmoqda.

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Navoiy nomli mahalla hududida yangidan koʻp qavatli xonadon qurayotgan quruvchi tashkilot masʼullari va quruvchi-ishchilari bilan tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazildi. Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashmasi hududida “PAYTAXT MEGA PROEKT” tomonidan ishlangan loyiha asosida yangidan tugʻruqxona binosini qurayotgan tashkilot “Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari nazorat va tekshiruvdan oʻtkazilib, xavfsizlik qoidalari haqida tushunchalar berildi.

Maydoni 1 ming 217 metr kvadratga teng, 4 qavatli 90-oʻrinli mazkur tugʻruqxona binosi loyihasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi 50 metr kub hajmga ega 2 ta suv hovuzi, 3 ta zinapoya, 1 ta lift, yongʻindan va tutundan ogohlantiruvchi tashvishgohlar oʻrnatilish kerakligi alohida koʻrsatilgan. Tekshirishlar davomida zamonaviy koʻrinishdagi yangi tugʻruqxona binosidagi qurilish ishlarida loyihada koʻrsatilgan xavfsizlik choralarini eʼtiborga olgan holda olib borilayotgani maʼlum boʻldi.

Oylik doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar oʻz samarasini koʻrsatib, yongʻin sodir boʻlish holatlari sezilarli ravishda kamayishiga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

S.Berdekeyev, tuman FVB boshligʻi.

B.Allabergenov, tuman FVB NTB boshligʻi.

B.Tajibayev, tuman FVB boʻlinmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026