24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:12
Jamiyat 👁 360

M.AHMEDOVA IShTIROKIDA AMUDARYoLIK FAOL AYoLLAR “YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA "ONALAR BOGʻI"GA KOʻChAT EKDI

M.AHMEDOVA IShTIROKIDA AMUDARYoLIK FAOL AYoLLAR “YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA "ONALAR BOGʻI"GA KOʻChAT EKDI

Har yili butun mamlakatimiz boʻylab kuz va bahor oylarida keng koʻlamli koʻchat ekish ishlari amalga oshiriladi. Joriy yil kuzgi koʻchat ekish mavsumi esa oʻzgacha koʻtarinki ruhda boshlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur tadbirda barcha, shu jumladan, idora va tashkilotlar, muassasalar xodimlari, talaba va oʻquvchi-yoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, davlat va jamoat arboblari faol ishtirok etishmoqda.

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021-yil noyabr oyida boshlangan edi. Mazkur loyiha doirasida yiliga Oʻzbekiston miqyosida 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilab berilgan edi. Bunday keng koʻlamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida aholi maskanlaridagi yashil maydonlar hududi 8 foizdan 30 foizga oshirilishi xalqimiz uchun musaffo, toza havo hududlarini yanada kengaytirish imkonini beradi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas, balki xalqimiz uchun bobomeros maʼnaviy qadriyat hisoblanadi va har yili mamlakatimiz boʻylab anʼanaviy koʻchat ekish mavsumini har bir fuqaro mamnuniyat bilan savobdi ish sifatida amalga oshiradi.

Amudaryo tumanida ham barcha tashkilot, muassasa va korxonalar tomonidan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, koʻchat ekish ishlari hamjihatlik bilan olib borilmoqda. Ushbu “Dolzarb 40 kunlik”da Amudaryo tuman xotin-qizlar boʻlimi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning 3-noyabr sanasida Amudaryo tuman xotin-qizlar boʻlimi raisi Goʻzal Saburova rahbarligidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar faollari, shuningdek, “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari ishtirokida 87-sonli umumtaʼlim maktabi hududida tashkil etilgan “Onalar bogʻi”da “Yashil makon” umummilliy loyihasining “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi koʻchat ekish tadbiri amalga oshirildi.

“Dolzarb 40 kunlik” doirasida oʻtkazilgan mazkur koʻchat ekish tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ishtirok etdi va mazkur tadbirning ahamiyati, “Yashil makon” umummilliy loyihasi 1 yillik tadbir emas, balki xalqimiz uchun azaliy anʼanaviy qadriyat, qolaversa, mamlakatimizda mazkur loyiha asosida kelgusi besh yillikda 1 milliard tup daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgani haqida toʻxtaldi va “Onalar bogʻi”ga koʻchat ekdi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari boʻlgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari va “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari boʻlgan onaxonlar oʻz qoʻllari bilan “Onalar bogʻi”ga yasen, pensilvaniya, sadaqayragʻoch, katalpa, gledichiya, mevali daraxt koʻchatlaridan oʻrik, olcha behi kabi nihollarni ekdilar.

Insonlar salomatligini tiklashda tabiiy kislorod fabrikasi – yashil olamning oʻrni beqiyos katta ahamiyatga ega. “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” koʻchat ekish mavsumining ahamiyatini oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, ular qalbida ona tabiatga cheksiz mehr uygʻotish, oʻzi yashab turgan hududning ekologik holatini yaxshilashda masʼuliyat hissini uygʻotishga qaratilgan bu xayrli tadbir har bir amudaryolik uchun anʼanaviylik kasb etmoqda. Mazkur tadbir butun tuman boʻylab keng quloch yoyib, unda yosh-u qari vijdonan va masʼuliyat bilan ishtirok etmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026