Tuman böyiça yil boşidan buyon 2 672 nafar fuqaroga identifikatsiya ID kartasi, 7 841 nafar fuqaroga esa xorijga çiqiş biometrik pasporti rasmiylaştirildi
Amudaryo tumani içki işlar bölimining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi zimmasiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş, pasport tizimi qoidalariga va Özbekiston Respublikasida böliş tartibiga rioya etilişini taʼminlaş, sohaga doir huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş va sabablarini aniqlab, bartaraf etiş kabi masʼuliyatli vazifalar yuklangan.
Bölinma xodimlari özlarining zimmasidagi şarafli burçini sidqidildan ado etişga intilmoqdalar. Sohaga doir meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş işlari olib borilayotir. Şuningdek, tumanimiz hududida pasport rejimi qoidalariga, mamlakatimizda böliş qoidalariga amal qilinişi nazorat qilinib, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmoqda.
Xususan “Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet elga çiqiş tartibi töğrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq bölinmaga sentyabr oyida murojaat etgan 582 nafar fuqarolarning maʼlumotlari qabul qilinib, xorijga çiqiş biometrik pasport rasmiylaştirildi. Joriy yil boşidan beri esa 7 841 nafar fuqarolarga ana şunday hujjat topşirildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabr kungi “Özbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq biometrik pasport örniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID kartalarini oliş va almaştiriş uçun bölinmaga murojaat qilgan fuqarolarga şu kunning özida ID karta rasmiylaştirib berilayotir. Bu böyiça 2022-yil davomida 2 672 nafar fuqarolar murojaat qildi va ularga töliq ID karta rasmiylaştirib berildi.
Tuman hududida Içki işlar bölimi, tuman prokuraturasi, davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi hamkorligida ötkazilgan “Pasport-viza” tadbirlarida yil boşidan beri 245 nafar fuqaro, avgust oyi içida esa 16 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yaşab yurganligi aniqlandi va bular haqida maʼmuriy bayonnomalar töldirilib, davlat foydasiga jarimalar undirildi va mazkur fuqarolarning barçasiga ID karta rasmiylaştirilib berildi.
Şuningdek, tumanimizning çet davlatlarga işlaş istagida borib, öziga tegişli bölgan pasportini yöqotib qöygan yo amal qiliş muddati tugagan, yaroqsiz holga keltirib qöyib, “Vatanga qaytiş guvohnomasi” bilan kelgan 4 nafar fuqarolarning röyxati körib çiqiş uçun tuman Içki işlar bölimining tegişli guruhlariga berildi. Davlatdan qarzdor, oilasi bilan aloqasini yöqotgan fuqarolarni izlab topiş, sörab-suriştiriş böyiça ham tizimli işlar olib borilayapti.
Tuman aholisiga pasport rejimiga amal qiliş lozimligi, ID karta va çet elga çiqiş biometrik pasportining qulayliklari, pasport oliş tartibi haqida ovul va mahallalarda, korxona-taşkilotlarda, taʼlim muassasalarida keng tarğib qilinayotgani özining samaralarini bermoqda.
Haftaning har payşanba kunida “Pasport-viza” tadbirlari ötkazilib, uşbu jarayonlarda tumanimizda sentyabr oyi davomida 2 nafar, yil boşidan beri 8 nafar Özbekistonda böliş qoidalariga amal qilmasdan yaşab kelayotgan şaxslar aniqlanib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Pasport – har bir fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi hujjatidir. Pasport rejimiga amal qiliş esa har birimizning burçimiz.
Abdurahmon UMAROV, Amudaryo tumani IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi boşliği, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶