TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BÖLIMINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYoRLIK YuZASIDAN ÖQUV MAŞQI MAŞĞULOTLARI ÖTKAZILDI
Kuz-qiş mavsumi oldidan turli favqulodda hodisalarning oldini oliş, mavsumni betalofat ötkazişga doir çora-tadbirlar köriladi. Bu yil ham qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça Vazirlar Mahkamasining «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari va köp kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşini taʼminlaş töğrisida»gi qarori, şunga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining hamda tuman hokimining tegişli qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlar bilan barça yönalişlar böyiça isitiş mavsumi barqaror ötişini taʼminlaşga doir aniq vazifalar belgilab berildi.
Şu yil 14-oktyabr kuni uşbu qarorlar ijrosini taʼminlaş hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, betalofat ötkazişga jalb etiladigan kuç va vositalarning tayyorgarlik holatini tekşiriş maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan öquv maşqi maşğulotlari ötkazildi.
Maşğulotlar davomida tegişli texnika va boşqa kuç-vositalarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanişga tayyorligi sinab körildi. Şuningdek, aholiga elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti kabilardan foydalaniş jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etilişini taʼminlaşga doir tuşunçalar berişga alohida eʼtibor qaratildi.
Maʼlumki, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini ötkaziş böyiça tuzilgan işçi guruh tomonidan is gazidan zaharlanişning oldini oliş maqsadida örganiş işlari ötkazilib, aholi xonadonlaridagi isitiş qozonlari va dudburonlardagi nosozliklar bartaraf etilib borilmoqda. Uşbu jarayonlarda tumandagi mavjud 55 ta köp kvartirali uy-joylardagi 712 ta xonadondan şu kunga qadar 39 ta köp kvartirali uylarning 513 ta xonadonidagi yonğin xavfsizligi holati tekşirildi.
Tekşirişlar davomida 350 ta xonadonning isitiş qozonidagi dudburonlar tozalandi, 4 ta köp kvartirali uylardagi 28 ta xonadonning dudburonlari izolyatsiyalandi. Şuningdek, 2 ta köp kvartirali uylardagi 16 ta kvartiraning şamollatiş kanallari tozalanib, 21 ta köp qavatli uylarning tom qismi tekşirildi.
Undan taşqari, 36 ming 13 ta aholi uylaridan 5307 tasida yonğin xavfsizligi holati tekşirilib, 458 tasi xonadonning isitiş qozonidagi dudburonlar tozalandi. Şu bilan birga tumandagi 234 ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 120 tasi töliği bilan tekşirilib, is gazi va yonğindan zararlanişning oldini olişga doir tuşunçalar berildi.
Statistika maʼlumotlarga köra, respublikada sönggi uç yil içida kuzgi-qişki isitiş mavsumida sodir bulayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq bölgan.
Maʼlum bölişiça, is gazidan zaharlaniş va yonğin holatlarining aksariyati fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilği, yaʼni kömir, ötin kabi yonuvçi aşyolardan foydalanişda xavfsizlik çoralariga rioya etmaslik, nostandart, yaʼni qölbola yasalgan yoki sertifikatga ega bölmagan isitiş peçlari va anjomlaridan foydalaniş, isitiş peçlarining dudburonlarini notöğri örnatiş kabilardan kelib çiqqan.
Şuningdek, gaz yoki boşqa muqobil yoqilğiga moslaştirilgan isitiş peçlarini dam oliş xonalariga olib kiriş, havo almaşmaydigan xonalarni isitişda oçiq olov, kömir va ötin çöğlaridan foydalaniş, havoni almaştiruvçi şamollatiş şaxtalari yoki tuynuklarni berkitib, tösib qöyiş kabi holatlar ham yonğinlarga sabab bölgan.
Öquv maşqi maşğulotlari davomida fuqarolarga is gazidan zaharlaniş holati – isitiş uçun foydalanadigan yoqilğining çala yonişi natijasida kelib çiqişi, bunday holatlarning kelib çiqişiga yöl qöymaslik uçun yonğin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etişlari kerakligi keng tuşuntirildi. Şuningdek, bunday favqulodda hodisa yuz berganida 101,10 50 – yonğin qutqaruv, 102 – IIB, 103 – tibbiy yordam, 104 – gaz avariya dispetçerlik xizmatlariga xabar beriş kerakligi maʼlum qilindi.
Maşğulotlar yakunida favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvçi kuç va vositalar 2022-23-yilgi kuz-qiş mavsumini betalofat ötkazişga, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olişga va sodir bölganda oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalda bajarişga tayyor deb baholandi.
H.Matyakubov, tuman FVB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶