“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA TAʼLIM SOHASI FAXRIYLARI SAYoHATGA ChIQIShDI
“Keksalar haftaligi” doirasida Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan sohada uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriylar uchun hududdagi muqaddas qadamjolar, tarixiy maskanlar hamda diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi. Mehnat faxriylarining madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida joylardagi teatr, kontsert va muzeylarga tashrif buyurishdi. Faxriylar “Shayx Jalil bobo ziyoratgohi”, “Chilpiq” qoʻrgʻoniga ziyorat qilishdi.
Sayohatchilar uchun Nukus shahridagi “Mangʻit choyxonasi”da tushlik issik ovkat tashkil qilib berildi. Shundan soʻng, faxriylar marhum Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qilib, Qurʼon tilovat etishdi. Sayohat davomida I.Savitskiy nomli sanʼat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi koʻplab eksponatlar va koʻrgazmalar bilan tanishishdi. Shundan keyin Berdaq nomli teatrda “Farzand tashvishi” spektaklini tomosha qilishdi.
Sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytgan faxriylar mazmunli hordiq chiqarishganini aytib, tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
U.Abdurahmonov, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman boʻlinmasi kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶