YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA AMAL QILIShNING AHAMIYaTINI TARGʻIB ETIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Tumanimiz aholisi orasida sogʻlom turmush turzi madaniyatini shakllantirishdek ulugʻvor maqsadning amalga oshirilishiga Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy nashri – “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari ham baholi qudrat hissa qoʻshib kelishmoqda.
Ular Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi taʼsis etgan grant tanlovida oʻzining “Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi” deb nomlangan loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va 2021-yil dekabr oyidan loyihani amalga oshirish boshlandi.
Shu kungacha loyiha doirasida sogʻlom yashashga targʻib etish, hayotimizdan oʻrin olgan zararli odatlar va ularning oqibatlari xususida, jismoniy faollikning ahamiyati, sport sogʻlik garovi ekanligi xususida Amudaryo telekanalida, “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalarida koʻplab turli janrlarda materiallar berilayotir. Shuningdek, ovul va mahallalarda, taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Yaqinda tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida oʻquvchilarga “Baxtsiz hodisalardan saqlanish – sogʻlom turmush tarzining asosiy qoidalaridan biri” shiori ostida “Yoʻl –transport hodisalaridan saqlanish” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. Yigʻilishda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati, har bir odamning yoʻllarda harakatlanganda oʻz hayoti xavfsizligini taʼminlashi, yoʻllarda baxtsiz hodisalarning sodir boʻlmasligi uchun piyodalar ham, transport vositalari haydovchilari ham birdek hushyor boʻlishlari lozimligi xususida tushuntirish olib borildi.
Tadbirda tahririyat xodimlaridan tashqari tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi Rasul Xolmurodov, Olmazor mahallasining xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yakubovalar ham ishtirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Xonimjon Rajabova ochdi va suhbat maqsadini oʻquvchilarga tushuntirdi.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqayotgan baxtsiz hodisalar tufayli turli yoshdagi odamlar, bolalar ham jabrlanayotganini hatto ayrim hollarda hayotdan koʻz yumayotganini taʼkidlab, buningdek koʻngilsizliklarning oldini olish uchun yoʻllarda doimo ogoh va xushyor boʻlib harakatlanish lozimligini batafsil aytdi.
Sogʻlom turmush tarziga amal qilish fuqarolarga oilasida baxtiyorlikni, yoʻllarda harakatlanganda xavfsizlikni, kasbiy faoliyatida unumni, kun davomida yaxshi kayfiyatni bagʻishlashi hayotiy haqiqatdir. Bu haqda tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi Rasul Xolmurodov, Olmazor mahallasining xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yakubovalar ham batafsil gapirdilar.
Tashkilotchilar oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi.
Tadbir oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyatini singdirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Mahmudjon ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶