24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:51
Jamiyat 👁 287

QORAQALPOGʻISTONDA AMALGA OShIRILAYoTGAN ISLOHOTLAR DOIRASIDAGI VAZIFALAR YuZASIDAN IShChI GURUHNING TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

QORAQALPOGʻISTONDA AMALGA OShIRILAYoTGAN ISLOHOTLAR DOIRASIDAGI VAZIFALAR YuZASIDAN IShChI GURUHNING TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Soʻnggi davrlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumki, bu borada Prezidentimizning shu yil 31-avgust kuni “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi.

Shu kunlarda Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni mahallalarda tushuntirish boʻyicha tuzilgan Respublika ishchi guruhi hududlarga tashrif buyurib, mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlarini oʻtkazishmoqda.

28-sentyabr kuni Amudaryo tumanida ham Maktabgacha taʼlim boʻlimi binosida Respublika ishchi guruhi aʼzolari Davlat statistikasi qoʻmitasidan Fayzulla Berdiboyev, Respublika Statistika boshqarma boshligʻi Temirbay Ganiyev, “Agrobank”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Marat Yelmuradovlar ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Mutasaddilar tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yigʻinlaridagi hokim yordamchilariga Prezidentimizning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan keng tushunchalar berdilar.

Taʼkidlanganidek, mazkur farmonda Qoraqalpogʻiston Respublikasini har tomonlama jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan. Ishchi guruh aʼzolari agrar sohadagi masalalarni hal qilish, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish, infratuzilmani, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini, taʼlimni, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, sanoat loyihalarini koʻpaytirish kabilar boʻyicha belgilangan istiqbolli rejalar xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, ularni amalga oshirish borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash bugungi kundagi ustuvor masala ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbir davomida Prezidentimizning yangi qabul qilgan qarori bilan berilgan imtiyoz va preferentsiyalar, mahallabay ishlash tizimi orqali yaratilgan imkoniyatlar, Davlat rahbarining joriy yil fevral oyidagi tashrifi davomida hududni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar koʻrsatilib tayyorlangan prezentatsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, hokim yordamchilariga “Sanoat-qurilish banki” tomonidan yangi qaror bilan yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi bukletlar berilib, xonadonlarga tarqatish topshirildi.

Hokim yordamchilari oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga ishchi guruh aʼzolaridan batafsil javoblar oldilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026