ARXIV – TARIX KOʻZGUSI
Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan va hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbaidir. Shu sababli arxivlar “tarix koʻzgusi” deya eʼtirof etiladi. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ayniqsa, tumanlardagi davlat arxivlarini har tamonlama qulay va zamonaviy sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman Davlat arxivida tumanimiz xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettiruvchi, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan Milliy arxiv fondi arxiv hujjatlari bilan boyitib borilmoqda.
Bu yerda arxiv hujjatlarini qabul qilish va saqlash, noyob hujjatlarni restavratsiya qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan va Amudaryo tuman davlat arxivi oʻz zamonaviy ofisi hamda namunali arxivxonalariga ega.
2006-yildan 2022-yilning shu davriga qadar sovet davri va mustaqillik yillariga tegishli 231 ta fond va ularda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi doimiy saqlanadigan 20 ming 829 ta hujjatlar, shaxsiy tarkibga oid 14 ming 870 ta, jami 35 ming 699 ta hujjatlar saqlanmoqda.
2022-yil uchun belgilangan yillik reja doirasida Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlovini taʼminlash boʻyicha 60 ta hujjatlarni taʼmirlash, 171 ta hujjatlarni muqovalash va tikish ishlari olib borildi.
Muassasada davlat saqlovidagi arxiv hujjatlarining saqlanish holatini yaxshilash, ish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi va 2022-yilning shu davriga qadar milliy arxiv fondi hujjatlaridan 82 ming 441 ta kadrning elektron nusxasi yaratildi.
Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat hisobi ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish va rivojlantirish fondlari hamda hujjatlarni qabul qilish boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri davomida doimiy va shaxsiy tarkibga oid 7 ta fondga 276 ta, shuningdek, saqlash muddati vaqtinchalik boʻlgan 664 ta hujjat qabul qilindi.
Tuman Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar-ning mavjudligini tekshirish va xatlovini tashkil qilish boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri davomida 612 ta hujjatlar koʻzdan kechirildi.
Tuman davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar doirasida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy va mavzuli soʻrovlari boʻyicha jami 2093 ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan 2083 ta murojaat koʻrib chiqildi va barcha murojaat egalariga oʻz vaqtida javoblar berildi va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mavzuli soʻrovlar boʻyicha 1754 ta murojaatlar kelib tushgan. 1739 ta murojaatga ijobiy javob berilib, 15 ta murojaat egasiga zarur tushunchalar berildi.
2022-yilning ikkinchi yarim yillik rejasiga muvofiq davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarni mobil stellajlar bilan taʼminlash, kadrlar malakasini oshirish, saqlanayotgan hujjatlardan 120 mingtasining elektron nusxalarini yaratish rejalashtirilmoqda.
Muassasada mijozlarga namunali xizmat koʻrsatish, xodimlar malakasini oshirish, har bir xodimning oʻz malakasiga muvofiq ravishda faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, arxivchi-xodimlarning zamonaviy texnologiyalar asosida samarali faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli tuman Davlat arxiviga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berilayotganidan mijozlar mamnun.
B.JumaniYozov,
tuman davlat arxivi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶