“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI”NI YuQORI SAVIYaDA TAShKIL ETISh VA OʻTKAZIShGA BAGʻIShLANGAN MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI
Maʼlumki, joriy yilda Respublikamizda ilk bora yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakillantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan 5 bosqichni oʻz ichiga olgan “Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil etildi.
Endilikda mazkur olimpiadaning 2-mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, yoshlarning qamrov darajasini oshirish, ularni olimpiada doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlariga keng jalb etish, hamda targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish talab etiladi.
9-sentyabr kuni tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan matbuot anjumani ana shu masalalarga bagʻishlandi.
Matbuot anjumanida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov, tuman Sportni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev hamda tuman Madaniyat boʻlimi, IT markazi xodimlari, Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi trenerlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanda 1-mavsum natijalari sarhisob qilindi.
Aytib oʻtilganidek, olimpiadaning mahalla – sektor – tuman bosqichlarida 17 ta yoʻnalishda musobaqa va tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilib, unda 27 mingdan ortiq havaskor yoshlar ishtirok etishdi.
Olimpiadaning hududiy – Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalari va tadbirlarda jami 41 nafar yoshlarimiz gʻolib va sovrindorlari qatoridan joy olib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Olimpiadaning Respublika bosqichida esa tumanimizning 6 ta mahallasidan yoshlar qatnashib faxrli birinchi va ikkinchi oʻrin egalari boʻlishdi.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar 2-mavsumni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq masalalar, sport musobaqalari va tanlov turlari toʻgʻrisida savollar bilan murojaat qildilar.
Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov “Besh tashabbus olimpiadasi” 10-sentyabr kunidan start olishi va ushbu mavsumda 14 turdagi musobaqa va tanlovlar boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.
Shuningdek, ushbu olimpiadaning 2-mavsumida qatnashish istagidagi yoshlarga @beshtashabbusbot telegram-boti orqali yoki mahalladagi yoshlar yetakchisi orqali murojaat qilib, roʻyxatdan oʻtishlari mumkinligini eslatib oʻtdi.
Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlarni “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumida faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶