Sovet qöşinlarining Afğoniston hududidan olib çiqib ketilganiga 20-yil tölgani munosabati bilan 5 nafar uruş qatnaşçisi yubiley medali bilan taqdirlandi
Yurtimizda mustaqillik bayrami şukuhi kezib yurgan şu kunlarda Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududidagi Xotira maydonida Belorussiyadan taşrif buyurgan general-mayor Bekniyazov Alik Latitoviç Afğoniston uruşi qatnaşçilari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Afğon uruşi qatnaşçilari yoşlik davrlarini eslab, öşa davrdagi qiyinçiliklar, halok bölgan mard va jasur yigitlar front orti qahramonlari haqida xotirlaşdi. Bunday insonlarning yodi heç qaçon dillardan öçmasligini taʼkidalaşdi.
Tumanimizda bunyod etilgan “Xotira maydoni”da Afğon uruşi qatnaşçilarining ruhlari kezib yurgandek böladi. Uşbu muqaddas maydondagi “Xotira kitobi”ga Ikkinçi jahon uruşi, Afğon uruşida qatnaşgan hamda Özbekiston Respublikasi mustaqilligini himoyalaşda halok bölgan harbiy xizmatçilarning ismlari zarhal harflar bilan bitilgan.
Darhaqiqat tinçlik yölida jonini fido qilgan öğlonlarni yodda saqlaş, hayot keçirayotganlarini eʼzozlaş insoniylik burçidir.
Xotira uçraşuvida ana şunday uruş qatnaşçilaridan 5 nafari − “Veteran” uyuşmasi Amudaryo tumani bölimi boşliği Bahodir Jumaniyazov, uyuşma aʼzolari Rimboy Halillayev, Bozorboy Şomuratov, Ozod Jumaniyazov, Şavkat Saidbayevlar “Afğonistondan sovet qöşinlari olib çiqilganiga 20-yil” yubiley medali bilan taqdirlandi.
Maʼlumotlarga köra, 1979-1989-yillar oraliğida bölib ötgan Afğon uruşida eng köp jabr çekkan hududlar Markaziy Osiyo respublikalari böldi.
Eng köp askar şu hududdagi ittifoqdoş respublikalardan olindi. Jumladan, Özbekistondan 64 500 nafar yigit Afğon uruşida iştirok etgan va ulardan 1522 nafari halok bölgan. 2500 nafardan oşiqroq özbekistonlik nogiron bölgan.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasidan 3580 nafar harbiylar iştirok etişgan bölsa, şundan 89 nafariga vatanimizga qaytib keliş nasib etmagan.
Vatanimiz mustaqillikni qölga kiritgandan söng, jangçi-faxriylar, uruş nogironlari va halok bölgan jangçilarning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan himoyalaş böyiça davlat dasturlari izçillik bilan amalga oşirib kelinmoqda.
Uçraşuv davomida jasorat egalarining bugungi dorilomon kunlarga yetib keliş oson bölmagani, mustaqillik, hurriyat, tinçlik eng oliy neʼmatlardan biri ekanligi hamda uni asrab-avaylaş, qadriga yetiş lozimligi haqida aytgan purmaʼno sözlari heç qaçon öz ahamiyatini va dolzarbligini yöqotmaydi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶