“Maʼnaviyat festivali” davom etmoqda
Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning natijadorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va masʼuliyat hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Ana shunday maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda taniqli sanʼatkorlar, teatr va kino aktyorlari, rejissyorlar hamda madaniyat sohasining boshqa xodimlaridan iborat targʻibot-tashviqot guruhi aʼzolari 15-avgustdan buyon Amudaryo tumanining turli hududlarida boʻlib, tuman aholisiga madaniy hordiq ulashmoqdalar.
16-avgust kuni Choykoʻl madaniyat markazi binosida oldida bir guruh madaniyat xodimlari ovul aholisi tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan soʻng Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Moʻʼminova mamlakatimizda millatlararo totuvlik munosabatlarining mustahkamlanayogani, barcha sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, ayniqsa, xalqimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilayotgan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Qolaversa, yoshlarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga, Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishga chaqirdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir davomida mehmonlar aholiga oʻz ijod namunalarini tuhfa etib, xush kayfiyat ulashishdi.
Mana shunday tadbirlarning yana biri tumanimizning chekka hududlaridan hisoblangan Qilichboy ovuli hududidagi Qilichboy madaniyat markazida ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qilichboy ovuli aholisi hamda qoʻshni mahallalarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz qatnashdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonda inson qadri har narsadan ustun ekanligini, mamlakatimizda amalga oshirilayogan islohotlar faqatgina inson manfaatini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini aytib oʻtishdi.
Undan tashqari, madaniyat xodimlari hamda sanʼat nomoyondalari tadbir qatnashchilari va ular orqali butun yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, oʻzlarining ona Vatan, doʻstlik, sevgi, muhabbat tuygʻulari tarannum etilgan goʻzal kuy-qoʻshiqlarni yigʻilganlar eʼtiboriga havola qilishdi.
Mamlakat rivoji, millat ravnaqi faqat moddiy boylik bilan emas, balki, xalqning yuksak maʼnaviy qiyofasi bilan ham belgilanadi.
Madaniy va maʼnaviy qadriyatlari uzoq tarixga ega boʻlgan xalqimizning keoajak avlodi boʻlmish yoshlarga avlodga insonparvarlik, vatanparvarlik, doʻstlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlarni chuqur sindirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶