JANJALKAShLAR SUDGAChA YaRAShIShDI
Doʻstlik mahallasi fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Shu yil 4-avgust sud majlisida Amudaryo tuman sudi masʼullari, tuman prokurorining katta yordamchisi Abbaz Niyazimbetov va boshqalar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi tegishli qismi bilan gumon qilingan shaxsga oid jinoyat ishini koʻrib chiqildi.
Sudda maʼlum qilinishcha, dastlabki tergov organi tomonidan S.Karimov (ismlar oʻzgartirilgan) tuman hududidagi ovullardan birida traktor yordamida yoʻlda axlatlarni tozalatayotganida traktor haydab kelayotgan K.Qurbonov kelib qolgan. U yoʻl toʻsilib qolgani sababli S.Karimov bilan oʻzaro tortishib qoladi va oʻrtada oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Kutilmaganda tortishuv katta janjalga aylanib, K.Qurbonov S.Karimovga yerda yotgan gʻisht boʻlagini uloqtirgan va uning burun sohasini jarohatlab, qasddan oʻrtacha ogʻir darajadagi shikast yetkazgan. Xushmuomalalik bilan hal qilsa boʻladigan ishni qoʻrslik bilan bajarmoqchi boʻlgan K.Qurbonov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblangan.
K.Qurbonov qilmishidan pushaymon boʻlib, kechirim soʻraganidan soʻng, jabrlanuvchi S.Karimov gumon qilinuvchi bilan yarashilganligi munosabati bilan sudga jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos qilib, ariza bilan murojaat qilgan.
Shunga koʻra sud davomida tomonlar yarashganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶