Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan sanoat xodimi Baxram Jumaniyazov II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Obod va fayzli mahalla – yurt körki. Mahallalar ravnaqi mamlakatimiz taraqqiyoti, yoruğ kelajagimizning mustahkam kafolati, poydevoridir.
Şu maʼnoda Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligining taşkil etilişi va uşbu vazirlik tomonidan mahalla insitutini yanada rivojlantiriş, keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularga alohida hurmat va eʼtibor körsatiş borasida köplab ijobiy işlar amalga oşirilayotgani ayni haqiqatdir.
Amudaryo tumanida ham keksalarga bölgan eʼtibor masʼul taşkilotlarning doimo diqqat markazida bölib kelgan.
11-avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Tursunboy Abdujabborov, tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği maslahatçisi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi Bahadir Baltabayevlar Oybek mahallasida istiqomat qiluvçi yakka-yu yolğiz, ijtimoy himoyaga muhtoj ayol Maryam Rahimovaning xonadonida böldilar.
Taşrif davomida Tursunboy Abdujabborov onaxon bilan dildan suhbat qurib, unga soğliğini tiklaşi uçun “Nuroniy” jamğarmasi hisobidan pul mablağini topşirdi.
Şundan söng masʼullar tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Nuroniylar jamoatçilik Kengaşi raisi örinbosari Bekman Allamberganov hamrohligida tumanning Durunki mahallasida istiqomat qiluvçi mehnat faxriysi, mutaxassisligi böyiça köplab şogirdlar tarbiyalab çiqargan, jamoat işlarida doimo faol bölib, bugungi kunda ham faxriy jamoatçi sifatida yoşlarga örnak bölib kelayotgan otaxon Baxram Jumaniyazovning xonadoniga taşrif buyurdilar.
Maʼulumki, Prezidentimizning “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini taʼsis etiş töğrisida”gi qaroriga köra turli sohalarda köp yillar halol va samarali mehnat qilgan nafaqadagi faxriylar munosib taqdirlanyapti.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik Kengaşining 2022-yil 6-may kungi qarori bilan amudaryolik 3 nafar nuroniylar, jumladan, qişloq xöjaligi sohasi faxriysi Qosim Nametov va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmirza Nurmatovlar I darajali, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan sanoat xodimi Baxram Jumaniyazov II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan edi.
Şu kuni Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Tursunboy Abdujabbarov Baxrom Jumaniyozovning köp yillik samarali mehnatlarini eʼtirof etib, II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini tantanali tarzda topşirdi. Şuningdek, mehnat faxriysiga bir martalik pul mukofoti va tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev tomonidan esdalik sovğalari ham topşirildi.
Aytiş kerakki, jamiyatimiz fayzi bölgan nuroniy va keksalarimizga munosib eʼtibor körsatiş böyiça yangiça yondaşuv közlangan natijani berib, “inson qadri uçun” ğoyasini töla röyobga çiqarişda muhim omil bölib xizmat qilayotir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶