“QORADORI – 2022” TADBIRIDA TOMORQADAGI “ZAHRI QOTIL” FOSh ETILDI
Giyohvandlik soʻnggi davrlarda insoniyatga tashvish keltirayotgan illatlardan biriga aylandi. U nafaqat inson salomatligi, kamolotiga, balki jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Giyohvandga aylangan odam butun borliqni unutadi. Sogʻligini yoʻqotib, yaqinlarini qattiq tashvishga qoʻyadi.
Qoʻlida binoyidek ishi bor, roʻzgʻorini hech kimnikidan kam qilmay eplab kelayotgan Z.A. qoʻshni Turkmanistondagi qarindoshinikiga borganida shu “zahri qotil”ni tatib koʻrdi-yu, tez-tez qoʻmsaydigan boʻldi.
Oʻsha qarindoshidan olib kelgan oʻsimlik urugʻini oʻz tomorqasiga ekib koʻrdi. Pishib yetilgunicha yaxshilab parvarishladi va kerak paytida tayyorlab, isteʼmol qila boshladi.
Ammo bu uzoqqa bormadi. Shu hududda tuman DXX va IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori – 2022” tadbiri davomida ushbu xonadon tomorqasining 2 kv/m qismida 4 tup marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash oʻtkir hidli oʻsimlik yetishtirlayotgani aniqlandi. Ushbu oʻsimlik tekshiruvdan oʻtkazilganida uning kannabis oʻsimligi ekanligi va sof ogʻirligi 267 grammdan ogʻir ekanligi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, tadbir davomida Z.A.ning xonadoni va qoʻshimcha xoʻjalik xonalari koʻzdan kechirilganida molxonasidan 3 dona 1 litr hajmdagi shisha bankada va 1 dona qogʻozga oʻralgan holda oʻtkir hidli, yashil rangli quritilgan marixuana giyohvandlik vositasi ham topilib, ashyoviy dalil sifatida olib ketildi.
Aybiga toʻla iqror boʻlgan Z.A. beli ogʻriganida ularni isteʼmol qilib kelayotganini, oʻzi uchun yetishtirib, saqlab kelayotganini aytib, yana 1 dona 0,5 litr hajmdagi “Jesko” yozuvli, ogʻziga falga qogʻoz oʻralgan baklajka va 2 boʻlak kuydirilgan falga qogʻozlarni ham topshirdi.
Ushbu olingan ashyoviy dalillar tekshirib koʻrilganida haqiqatan ham tarkibida giyohvand moddalar mavjud boʻlgan oʻsimlik ekanligi va Z.A.ning giyohvandlik xastaligiga chalingani maʼlum boʻldi.
Bel ogʻirgʻini bahona qilib, oʻz dardini oʻzi ogʻirlashtirgan Z.A. qonunga xilof yoʻl tutgani uchun jazoga tortildi.
Rasul Nazarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Shumanay tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶