24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:08
Jamiyat 👁 266

YuRIDIK XIZMAT KOʻRSATISh MARKAZI FAOLIYaTI KENGAYMOQDA

YuRIDIK XIZMAT KOʻRSATISh MARKAZI FAOLIYaTI KENGAYMOQDA

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlari hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari ishtirokida oʻtkazilayotgan seminarlarda “e-huquqshunos” elektron tizimida ishlash, yuridik tusdagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻliq tushuntirilmoqda. Shuningdek, tizim orqali hujjat almashish tartibi va tizimning afzalliklari hamda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida tizimdan foydalanuvchilarga keng turda maʼlumotlar berilmoqda.

Tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan tashkil qilingan navbatdagi seminarda Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari va maktab ish yurituvchi menedjerlari hamda tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari, maʼsul xodimlari ishtirok etishdi.

Faoliyat koʻlami kengayayotgan tuman Adliya boʻlimining Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlariga bu oʻzgarishlar yanada ulkan masʼuliyat yuklaydi. Markaz xodimlari yangidan qamrovga olinayotgan korxona, tashkilotlar, muassasalarda bu borada tushuntirishlar olib borish maqsadida turli tadbirlar oʻtkazmoqdalar.

Yaqinda tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimida ham shunday tadbirlardan biri boʻlib oʻtdi. Respublikamiz Prezidentining yuqorida qayd etilgan qarori va undan kelib chiqadigan vazifalar haqida markaz xodimi Mansur Matyusupov maʼruza qildi. Boʻlim xodimlari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etgan ushbu tadbirda yangi tartib-qoidalar tushuntirildi va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Oʻquv-amaliy seminar jarayonida ishtirokchilarga “e-huquqshunos” elektron tizimida ishlash jarayoni amaliyotda koʻrsatib berildi.

Tumandagi Davlat xizmatlari markazida ham xuddi shunday targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyozova markazga yuridik xizmat koʻrsatish uchun Prezident qaroriga koʻra qamrovga olinayotgan korxona, tashkilotlar rahbarlariga ushbu qaror mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi, endilikda amal qilinadigan tartib-qoidalar haqida gapirdi.

Shuningdek tadbirda tumandagi yuridik xizmat koʻrsatiladigan barcha tashkilotlarda mavjud murakkab huquqiy muammolarni yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bilan hamkorlikda kollegiyal tarzda hal etish imkoni yaratilganligi, tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquqlari, qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida samarali himoya qilinishi, qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy, har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash hamda yuridik tusdagi hujjatlarning bir xilligini taʼminlanishi toʻgʻrisida ham tushuntirishlar olib borildi.

Mamlakatimizda qonun xujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi boʻgʻini ishga tushdi. Umuman olganda, yuridik xizmati mavjud boʻlmagan tashkilotlarning faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini yanada mustahkamlash hamda qogʻozbozlik va korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish sohasida salmoqli oʻzgarishlarga erishilmoqda.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hujjat almashinuvning yagona elektron tizimi orqali amalga oshirayotgani amaliyotda oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Yuridik xizmatning yangi raqamlashgan platformasi markazlar hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida hujjat almashinuvining yagona elektron tizimining izchil va shaffof ishlashiga olib keladi.

N.Jumaniyazova, Amudaryo tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026