22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 07:28
Jamiyat 👁 340

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning uylari taʼmirlab berilmoqda

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning uylari taʼmirlab berilmoqda

Ayni kunlarda butun Respublikamiz boʻylab “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar bilan ishlash tizimining 3-bosqichi davom etmoqda. 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta roʻyxatdan oʻtkazish ishlari joriy yil 10-fevral kunida nihoyasiga yetkazilgan edi. Ushbu bosqichda ayol-qizlarning muammolari qaytadan oʻrganildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan bironta ham xotin-qiz eʼtibordan chetda qolib ketmasligiga alohida eʼtibor berildi.

 Bugungi kunda Amudaryo tumanida kam taʼminlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini “mahallabay” oʻrganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash borasida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joyga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan ayollarga arzon-uy joylar uzoq muddatga imtiyozli kredit evaziga berilmoqda. Shuningdek, uyi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan ayollarning uylari taʼmirlab berilmoqda.

Yaqinda tumandagi 2-sektor rahbari − tuman prokurori Aziz Roʻzmetov sektor hududidagi mahallalarda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar holidan xabar olib, uy-joylarning taʼmirlanish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Jumladan, tuman prokurori Farovon, Besh ovul, Ayoqchi va Doʻstlik mahallalari, Qilichboy va Oʻrta qalʼa ovullarida istiqomat qiluvchi ayollarning uylarini taʼmirlash ishlari jadal olib borilayotganining guvohi boʻldi.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish kerakki, 3-bosqich “Ayollar daftari”ga bandligi taʼminlanmagan, ammo ishlash istagida boʻlgan, daromad manbaiga ega boʻlmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, boquvchisi vafot etgan yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, boquvchisi bedarak yoʻqolgan hamda nikohi bekor qilingan yolgʻiz ayollar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga, uy-joyga muhtoj, noturar joylarda istiqomat qilayotgan va qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandini tarbiyalayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritilgan.

Qolaversa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning muammolarini hal etish maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi qoshida turli soha vakillaridan iborat shtab tashkil qilingan.

Shtab aʼzolari oʻzlariga biriktirlgan mahallarda boʻlib, xotin-qizlarning muammolarini hal qilishda faollik koʻrsatmoqdalar. Undan tashqari, mahallalarda yangidan ish boshlagan xotin-qizlar faoli sektor rahbarlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, mahalladagi ayol-qizlarning muammolarini ijobiy hal etishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ayol – jamiyat ustuni. Uning jamiyatdagi mavqeʼini mustahkamlash, qobiliyatini roʻyobga chiqarish, tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. “Ayollar daftari”da turgan ehtiyojmand ayol-qizlarning uy-joylarini taʼmirlash borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlardan ham ayolni rozi qilishdek ezgu maqsad koʻzlangan. Zero, ayol oʻtayotgan har bir kunidan rozi boʻlib, ertangi kuniga ishonch bilan yashasa, sogʻlom va barkamol avlodni dunyoga keltiradi. Sogʻlom va barkamol, maʼnan yetuk avlodlar esa jonajon Oʻzbekistonimizning kelajagidir.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026