TUMAN IÇKI IŞLAR ŞAXSIY TARKIBI TEST SINOVLARIDAN ÖTKAZILDI
2. Keyingi yillarda Içki işlar organlarida amalga oşirilayotgan islohotlar tizimdagi kadrlarning egallab turgan lavozimlarida samarali xizmat qilişini taʼminlaşga qaratilganligi bilan juda ahamiyatlidir.
Aytiş joizki, içki işlar organlari xodimlari zimmasiga aholining tinç va farovon hayot keçirişini taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini oliş va jamoat tartibini saqlaş kabi masʼuliyatli vazifalar yuklangan.
Keyinggi yillarda içki işlar organlari jazolovçi, nazorat qiluvçi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylandi. Natijada jinoyatlar va boşqa huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş, aholi xavfsizligini taʼminlaş fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişda samarali iş olib borilmoqda.
Amudaryo tumani Içki işlar bölimi ham bugungi zamon talablariga hamohang faoliyat yuritişga intilmoqda, xizmat samaradorligini oşiriş maqsadida kadrlar bilan işlaş, ularni qayta tayyorlaş, malakasini va jismoniy, psixologik tayyorgarligini oşirib borişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Içki işlar bölimi xodimlaridan jismonan kuçli, irodali, bilimli bölişdan taşqari, har qanday vaziyatda özini qölga ola biliş, töğri yöl tanlay oliş qobiliyati ham talab etiladi. Bölim xodimlarining bunday tayyorgarligi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining maxsus buyruğiga asosan xizmat, jismoniy, jangovor tayyorgarlik va psixologik test sinovlaridan ötkaziş orqali aniqlab boriladi.
30-iyul kuni Amudaryo tumanidagi 2-sonli Bolalar-ösmirlar sport maktabiga qaraşli stadionda tuman Içki işlar bölimi şaxsiy tarkibi aʼzolari xizmat, jangovor, jismoniy tayyorgarligini, bilimini sinovdan ötkazuvçi test sinovlari topşirişdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, uşbu tadbirni ötkazişga alohida tayyorgarlik körildi, xodimlarning har jihatdan yetukligini baholaş uçun masʼuliyatli şaxslar biriktirildi va natijalar haqqoniy baholab borildi.
Tadbirda bölim şaxsiy tarkib aʼzolari tösinga tortiliş, 100 metr masofaga yuguriş, 1000 metr masofaga yuguriş böyiça jismoniy tayyorgarligini namoyiş etdilar. Şuningdek, test sinovlari orqali psixologik tayyorgarligi, bilimi ham aniqlandi.
Aytiş joizki, “Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisida”gi nizomga muvofiq xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, maʼnaviy-axloqiy darajasini oşiriş uçun içki işlar organlarida tizimli ravişda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik maşğulotlari taşkil etiladi. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, şuningdek jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalar va öqotar qurol qöllaş bilan boğliq şaroitlarda harakatlanişiga kasbiy yaroqliligi böyiça har yilgi tekşiruvdan ötişi şart. Maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimga tegişli sertifikat beriladi.
Ötkazilgan jismoniy, jangovor tayyorgarlik va psixologik test sinovlarini Amudaryo tumani Içki işlar bölimi şaxsiy tarkibi aʼzolari muvaffaqiyatli topşirişib, öz xizmat lavozimiga munosib ekanliklarini namoyiş etdilar.
Yana şuni taʼkidlaş joizki, yuqoridagi Nizomga muvofiq xodimlar xayrixoh, xuşmuomala va eʼtiborli bölişi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda bölişi zarur. Xodimlar fuqarolarga nisbatan qöpollik qilmasligi, şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitiş, asossiz ruhiy va jismoniy taʼsir ötkaziş holatlariga yöl qöymasligi kerak.
Bu esa içki işlar organlari tizimining çinakam xalqçil professional tuzilmaga aylanayotganidan dalolat beradi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶