Yangi qurilayotgan binolarda quriliş xavfsizligi qoidalariga amal qilinişi yuzasidan nazorat ötkazildi
Yoşi uluğlarimizning “turli balo-ofatlardan, nohaq tuhmatlardan özining asragaysan”, deya duo qilişlari bejiz emas.
Ha, hammamiz ham ulkan imoratlarning yonğin kelib çiqişi oqibatida kuli kökka sovurilganini, yo qulab tuşib, fuqarolarning jabrlanganini, turli baxtsiz hodisalar tufayli ulkan yöqotişlarni boşidan keçirganlariga guvohmiz. Ayniqsa, keyingi yillarda yangi qurilib foydalanişga topşirilgan binolardan tabiiy gaz, elektr energiyasi tizimlariga ulaşda zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani tufayli yonğin kelib çiqişi, binolarda tabiiy gaz töplanib qolişi natijasida portlaşlar yuzaga kelayotganini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatmoqdamiz.
Buningdek baxtsiz favqulodda hodisalarning oldini oliş uçun yangi qurilayotgan binolarda texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilinişini nazorat qilib boriş muhim ahamiyatga ega.
Yaqinda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining normativ texnik bölinmasi boşliği, katta leytenant Behzod Allaberganov tumanda yangi qurilayotgan binolarda quriliş xavfsizligi qoidalariga amal qilinişi yuzasidan nazorat ötkazdi.
Xususan, Tölqin ovulidagi 39-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti yangi binosi qurilişini amalga oşirayotgan quruvçilar bilan profilaktik suhbat ötkazdi.
Uşbu obʼekt loyihasi “ARTURUS” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan işlab çiqilgan bölib, qurilişi “Jumurtov tex taʼmir servis” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari tomonidan amalga oşirilmoqda. Obʼektda hozirgi kunda 6 ta brigada aʼzolari mehnat qilişmoqda va birinçi qavati qurilişini davom ettirişmoqda.
Loyihaga muvofiq uşbu qavatda yonğinning oldini olişga qaratilgan 2 ta 30 metr kub hajmdagi suv hovuzi qurilişi kiritilganligi, bu işlarni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda amalga oşiriş lozimligi batafsil tuşuntirildi va bu borada yöriqnomalar tarqatildi.
Quruvçilar bilan profilaktik suhbatlaşiş jarayonida Behzod Allaberganov ularni qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar berdi.
Bundan közlangan maqsad – yangi qurilgan binolarda favqulodda baxtsiz hodisalar sodir bölişining oldini oliş, binoning loyihaga muvofiq mukammal qurilişiga erişiş natijasida köpgina köngilsizliklarning oldi olişiniga zamin yaratişdir.
Sevara Ismoilova, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶