YaNA 2 TA DAVLAT XIZMATI BOʻYIChA MAʼMURIY REGLAMENTLAR TASDIQLANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 7-iyundagi 317-sonli qarori bilan bolalarni ularning sogʻligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qiladi. Ariza beruvchilarning oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga egaligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikati boʻlishi kerak.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi. Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5-yil muddatga beriladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha reglamentga koʻra, ariza beruvchi buning uchun DXMga bevosita yoki YaIDXP orqali elektron murojaat qiladi. Soʻrovnoma toʻldiriladi hamda vakolatli organ, yaʼni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15 ish kunida ariza beruvchini attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyilmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Vakolatli organ attestatsiya guruhi shakllanishiga qarab talabgorlarni 5-10 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbatdan iborat attestatsiyadan oʻtkazadi.
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3-yilda attestatsiyadan oʻtadi.
Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
S.Hayitboyev,
tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶