Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi
21-iyun kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Rahima Mirxalikova, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlimi mutaxassisi Guljamila Asqarova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Guljon Xolmuratova, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova shuningdek, mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Yigʻilishni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev ochdi va olib bordi.
Yigʻilishda Rahima Mirxalikova Qoʻmitaning faoliyatiga doir yangiliklar haqida maʼlumot berib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, “Ayollar daftari”ni yuritish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Shundan soʻng, ishchi guruh vakillari tumandagi “Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi”da boʻlib, markazda yaratilgan shart-sharoitlar hamda markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, markazda ayollar uchun tashkil etilgan psixologik treningda qatnashib, psixologik yordamga muhtoj ayollar uchun markazda psixolog lavozimi joriy qilinishi lozimligi boʻyicha oʻz takliflarini bildirib oʻtishdi.
Tashrif davomida ishchi guruh vakillari Amudaryo tumani xotin-qizlar tadbirkorlik markazida tashkil etilgan kasbga oʻqitish kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirkorlik markazida ishsiz, qolaversa, oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni istagan ayol-qizlar tikuvchilik, savatchilik hamda hunarmandchilikning turli yoʻnalishlarida kasbga oʻqitilib, kelgusida oʻz ish faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari uchun barcha turdagi yordamlar koʻrsatiladi.
Bu orqali ayol-qizlarning bandligi taʼminlanibgina qolmasdan, yuqori daromad manbaiga ham ega boʻladilar.
Shundan soʻng, ishchi guruh vakillari Gulzor mahallasi, Choykoʻl hamda Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faollarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Suhbat davomida faollar tomonidan ajrimlarning oldini olish va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, faollarga oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish borasida targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazish lozimligi boʻyicha taklif hamda tavsiyalar berib oʻtildi.
Bugungi kunda ayol-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor har qachongidan ham yuksalgan. Shu nuqtai nazardan, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar faolligi va rolini oshirishda, ularni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoya qilishda keng miqyosdagi islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶