Aholiga sanatoriyalarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş sohasi yanada takomillaştirilmoqda
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini körsatiş tizimi tubdan takomillaştirilib, sohada tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 20-noyabr sanasida imzolagan “Aholiga sanatoriyalarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş sohasiga axborot-texnologiyalarni joriy etiş töğrisida”gi qarori xizmat körsatiş sohasidagi muhim hujjatlardan biriga aylanmoqda.
Mazkur qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi, “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlari hamda “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, şuningdek, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş böyiça davlat xizmatlari körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida imzolangan.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan:
a) keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni beriş böyiça davlat xizmati körsatiş tartibi;
b) keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni beriş böyiça davlat xizmatidan foydalaniş tartibi;
c) keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni taqsimlaş tartibi.
Şuningdek, 2022-yil 1-iyuldan boşlab uşbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq körsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun jismoniy şaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişlari körsatilgan.
Taʼkidlaş kerakki, uşbu qaror aholiga yanada keng qulayliklar yaratib, ortiqça ovoragarçiliklarning oldini olişni hamda sifatli davlat xizmatlarini amalga oşirişni taʼminlaydi.
Akmal Tursunboyev, tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶