Yurt madhi
Ustoz jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozovning "Yaşna, yaşna Amudaryom” şeʼri bir paytlar tumanimiz ahlining eng sevimli şeʼri edi. Bu şeʼr bilan aytiluvçi qöşiq esa salkam yarim asr davomida amudaryoliklarning tilidan tuşmadi.
Albatta, qöşiğing butun bir elning qalb mulkiga aylansa, bu - baxt. Ammo, vaqt ötişi bilan şeʼrdagi voqeliklarning zalvori pasayadi, qahramonlar hayot sahnasini tark etadi. Bunday paytda şeʼrni yangi obrazlar bilan boyitiş, unga zamon, davr ruhini kiritiş zarurati yuzaga keladi. Şu maqsadda bugun tumanimizdagi yangilik va özgarişlardan, yurtdoşlarimizning yutuqlaridan ilhomlanib, uşbu yangi qöşiğim dunyogakeldi:
Yaşna, yaşna Amudaryom!
(Qöşiq)
Jöşqin Amu böylarina,
Yastangansan Amudaryom.
Qonib uning suvlarina,
Yaşnagansan Amudaryom!
S.Xöjaniyozov.
Amu böyida qöş sohil,
Gullab yaşnagan serhosil.
Tuproğing zar, xalqing ahil,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Ötmişingdan sözlar Çilpiq,
Buguningdan qomating tik.
Moziy, bugundan xuş bitik,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Xalqing paxtakor, sohibkor,
Dala-boğlaring maftunkor,
Peşona terdan çamanzor,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Manğit, Qipçoq Toşyop – soying,
Mavjlari oçar çiroying.
Bağring boğ-u böston doim,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Sen Jumurtov, Tölqin, Xitoy,
Qangli, Manğit ham Qiliçboy.
Sen Nazarxon, Berdaq, Bekboy -
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Istiqlol oçgan çiroying,
Bugun obod hamma joying.
Namunasan yurtga doim,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Qoraqalpoqda birinçi,
Paxtakor, işçi, quruvçi.
Har sohada ilğor – kuçli,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Sen ziyokor öqimişli,
Sen ijodkor ilhom – yöşli,
Sen tadbirkor – bozor husni,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Bozorlaring obod tökin,
Mahsulotlaring suv – tekin.
Patir-noning doim butun,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Obod har bir xonadonim,
Uydan arimas mehmonim.
Sahovatli bekajonim,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Mehmonlarga manzur gurvak,
Meva-çevangga yöqdir gap.
Taomnomang: palov, börak,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Göşt ham baliğing şohona,
Dovruği ketgan jahona.
Beş yulduzli mehmonxona –
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Boş şaharing – qalʼang Manğit,
Qadim hamda navqiron kent.
U – uzukka qoş qöygandek,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Manğitdagi qurilişlar,
Obodonçilik yumuşlar.
Sözanaga zarrin naqşlar,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Köçalaring keng va ravon,
Har qadamda bitta dökon.
Ha, sen şunday obod makon,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
"Amudaryo tekstil”ing,
Kiyintirar hali eling,
Harir libosdagi kelin –
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Yoşlar uy-joy majmuasi,
Mini futbol maydonçasi,
Deyman, bu bir deboçasi,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Istirohat boğing körkam,
Tomoşalari rango-rang.
Bolajonlar yayrar biram,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Obod bilim maskanlaring,
Ilmga çanqoq yoşlaring.
Işni ziyodan boşlading
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Otaxonlaring donişmand,
Imon-eʼtiqodi baland.
Qadriyatlar ila payvand,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Avliyolar yaşab ötgan,
Olloh yorlaqagan gulşan.
Xizr nazar solgan elsan,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Senda yotar bobom hoki,
Baxtim kular, sen bor toki.
Kelajak avlodlar haqqi,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Ha, sen - niyatlar ezgusi,
Vatanimning bir çizgisi.
Sen – taraqqiyot közgusi,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Paxtang, pillang tillo elim,
Sendek yurt yöq, illo elim.
Ravnaq top va gulla elim,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Banklaring bor turli-turli,
Kelajaging buyuk, nurli.
Boy-badavlat yurtning biri,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Pir-badavlat bölgin elim,
Qayga çözsang, yetsin qöling.
Soğ böl, oçiq bölsin yöling,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Şifo maskanlaring obod,
Tibbiy xizmatdan xalqing şod.
Senda ösar soğlom avlod,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Tuman tibbiyot birlaşmang,
Yuzingga xoldek yaraşgan.
Sen heç kimdan emassan kam,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Jayhun kabi qalbing jöşqin,
Xalqing borki, rizqing toşqin.
Mehnat qilib surgin gaştin,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Mehnat yutuqqa kafolat,
Intilganga kular omad.
Mehnat qilib topding rohat,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Buni yozdi Xöjaniyoz,
Qirq yil jarang soçdi bu soz.
Madhing kuylar şogird-ustoz,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Intilding, böldi tole yor,
Husni – jamoling maftunkor.
Hayratiyga sen iftixor,
Yaşna, yaşna Amudaryom!
Tojiboy DÖSANOV, şifokor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶